17 fev 17:43
Yangiliklar
Boks/MMA
Nursulton Ro'ziboevning UFC'dagi jangi bekor bo'ldimi? MMAchimiz javob berdi
Nursulton Ro'ziboev Sedrik Dyuma bilan bog'liq vaziyat haqida gapirdi.
Ro'ziboev instagramdagi jonli efirda raqibi qamalib qolganligi tufayli jang bekor bo'lishi mumkinmi mazmunidagi savolga javob berdi.
«Jang hali bekor bo'lmadi. Raqibim 2015 yildan beri har yili qamalarkan. Menejerlar bilan bog'landim, hozircha hammasi yaxshi deyishdi. Jang hamon o'z kuchida. Menimcha, birovni eshigini taqillatib qo'yish u qadar jiddiy jinoyat emas. SHu sababli jang bekor qilinmasa kerak. Bekor bo'lib qolsa nima bo'ladi, kimni berishadi bilmayman», - dedi Ro'ziboev.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar