So’nggi yangiliklar

12:11Мадина Мирабзалова Serbia Open-2026 ғолиби бўлди, Светлана Саидова (Осипова) ҳисобида бронза! 0 11:29Раҳматулло Бойматов ҳам Жаҳонгир Зокиров билан бир оқшомда жанг қилади 0 10:45Эл класико вақтида "Реал" ҳимоячисининг хонадонига ўғрилар кирди — El Mundo 0 10:08Сауль Альварес навбатдаги ғалабасига эришди, Мунгия ҳам ғолиб 0 09:50UFC ойнинг энг яхши жангини эълон қилди 0 08:45Рамазон Темиров Каванага қарши мағлубиятдан кейин илк бор мухлисларга мурожаат қилди 0 07:59"Барселона" иккита мағлубиятдан сўнг бор аламини "Алавес"дан олди, "кўк-анорранглилар" рақиб дарвозасига 6 та тўп киритишди 0 19:12Қозоғистонлик боксчи Шоҳжаҳон Эргашевга жавоб қайтарди 0 18:30Одилхон Камолов "Alash & Mangu" турнирида жанг қилади 0 17:54"Барселона" январь ойида "Челси" футболчисини ижарага олишга тайёр 0 17:09Мунгия — Зон жанги ғолиби Бектемир Мелиқўзиев билан тўқнаш келади 0 16:40Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги жанги санаси ва манзили маълум — манба 0 16:27Кудерметова ва Тимофеева Гуанчжоу турнири финалига чиқди 0 15:15Сауль Альварес тарозига чиқди, бугун чемпионлик жанги! 0 14:44Дунёнинг энг яхши мураббийи номига номзодлардан бири овоз бериш якунларига кўра бирорта ҳам очко тўплай олмади 0

15 noy 12:18
Yangiliklar

Boks/MMA

Nursultonni xafa qilgan UFC jangchisi SHavkat Rahmonovga "vyzov" tashladi

Qozog'istonlik aralash yakkakurash ustasi oxirgi jangini o'tkazganiga deyarli bir yil bo'ldi.

UFC yarim o'rta divizionining ettinchi raqamli jangchisi Xoakin Bakli SHavkat "Nomad" Rahmonovga qarshi oktagonga chiqish istagini bildirdi.

"SHavkat Rahmonov, fevral oyi boshida qaytmoqchiman dedingmi? Unday bo'lsa, Bokuga kel. CHunki sen doim: "Bak - oson ish. U oddiy o'lja" der eding. O'zingni butun dunyoga ko'rsat, chunki seni anchadan beri hech kim ko'rgani yo'q, uka. Biz seni kutamiz. Bu men va SHavkat uchun ajoyib jang bo'ladi deb o'ylayman. SHavkatni nokautga uchratganimdan keyin esa chempionlik jangi haqida qayg'uraman", - dedi Bakli YouTube’dagi kanalida elon qilingan videoda.

Malumot uchun, SHavkat Rahmonov so'nggi jangini o'tgan yilning dekabr oyida o'tkazib, davogarlar bahsida Yan Machado Garrini hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lubiyatga uchratgandi. Ammo keyin tizzasidagi jarohat sabab chempionlik jangidan mahrum bo'lgan. SHavkatning imkoniyatidan Jek Della Maddalena foydalanib ketgandi. Qozog'istonlik jangchining menejeri Sayat Abdraxmanov yaqinda bergan intervyusida uning shogirdi yanvar oyining oxiri yoki fevral oyining boshida qaytishni rejalashtirayotgani va divizionning eng yaxshilaridan biri bilan davogarlik jangini o'tkazishga tayyorligini malum qilgandi.

Xoakin Bakli esa iyun oyida oltita g'alabadan iborat seriyasini to'xtatib, besh raund yakuniga ko'ra hakamlarning yakdil qarori bilan Kamaru Usmanga yutqazgan edi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing