So’nggi yangiliklar

10:38Суперлига. Бугун "Сўғдиёна" 3-ўринга кўтарилиб олиши мумкин 0 10:17Мераб Двалишвили Петр Яннинг кечаги ғалабаси ва "вызов"ига "ответ" қилди 0 09:56Сувга сакраш бўйича илк Олимпия ўйинлари иштирокчимиз Ўзбекистон кубоги ғолиби 0 09:35Дзюдо бўйича Ўзбекистон чемпионатининг учинчи куни 4 та вазнда ғолиблар аниқланди ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 09:14Саудия Арабистон чемпионати. "Ал Ҳилол" мавсумдаги илк мағлубиятини қабул қилди + ВИДЕО 0 08:53Дэвис Кубоги. Янник Синнер Италияни финалга олиб чиқди 0 08:32Хабиб Нурмагомедов Конорнинг судда айбли деб топилишига кескин муносабат билдирди 0 08:11Чавандозларимиз Ал Айн турнирида муваффақиятли қатнашишяпти 0 07:50Вигода 84-дақиқагача икки тўп фарқи билан ютаётган "Барселона" очко йўқотди 0 07:29UFC Fight Night 248 турнирининг бонуслар кимларга насиб қилди? 0 07:08Улан-Баторда миллий спортимиз кураш бўйича жаҳон чемпионати ўтказилади 0 20:01Аспиналл янги жанг борасида музокара кетаётганини айтди 0 19:40"Севинч" - 14 карра Ўзбекистон Кубоги соҳиби! 0 19:25Петр Ян Дейвисон Фигейредога қарши! UFC Макао турнирининг барча натижалари битта саҳифада! 0 19:19Петр Ян ва Дейвисон Фигейредо жанги тўлиқ давом этди 0

16 may 13:40
Yangiliklar

Karate

Nurxon Nafasov O'zbekiston karate federaciyasi rahbari etib saylandi

Bugun, 16 may kuni O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi majlislar zalida O'zbekiston karate Milliy federaciyasining navbatdan tashqari saylov Konferenciyasi bo'lib o'tdi.

Unda O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri SHoakrom Isroilov, Milliy olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Jasur Matchanov, karate bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi katta murabbiylari, federaciyaning viloyat bo'limlari rahbarlari, taniqli sportchi va murabbiylar ishtirok etishdi.

Konferenciyani Milliy olimpiya qo'mitasi Prezidenti maslahatchisi Komiljon Xudoyberganov olib bordi va yig'ilganlarni kun tartibi bilan tanishtirdi. Tan olish lozim, sportning ushbu turi so'nggi yillarga kelib mamlakatimizda o'z mavqeini yo'qotib qo'ydi. Bu nafaqat karatening ommaviylashuvida, balki xalqaro maydonda qayd etilayotgan natijalarda ham o'z aksini topdi.


Konferenciyada so'zga chiqar ekan MOQ Bosh kotibi Jasur Matchanov ham bu xaqda kuyunib gapirdi.

“Karate bundan qandaydir 10-15 yil oldin ham Respublikamizda ommaviylik masalasida futboldan keyin ikkinchi o'rinda turardi. Yurtimizda o'n minglab yoshlar sportning ushbu jangovor turi bilan muntazam shug'ullanib kelishardi. Sportchilarimiz qita va jahon chempionatlari, Osiyo o'yinlari kabi nufuzli musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etishgan o'sha davrda.

Ammo so'nggi yillarga kelib, afsuski karate sport turi sifatida o'z nufuzi va mavqeini anchagina yo'qotib qo'ydi. Buning natijasida ommaviylik ham keskin kamaydi. Bir so'z bilan aytganda sportning yakkakurash turlari orasida karate sog'lom raqobatga dosh bera olmadi. SHunday ekan, O'zbekiston karate Milliy federaciyasining faoliyati bugungi kunda na Milliy olimpiya qo'mitasini, na Jismoniy tarbiya va sport vazirligini qoniqtiradi. Vaholanki, karate Tokio 2020 yozgi Olimpiya o'yinlari dasturiga kiritildi. Biz qisqa vaqt davomida federaciyada islohotlarni amalga oshirib, ish tizimini butunlay qaytadan ko'rib chiqishimiz lozim”- dedi Jasur Matchanov.


SHundan so'ng, Konferenciyada federaciya prezidenti lavozimiga 1996-2006 yillar mobaynida federaciyani muvaffaqiyatli boshqarib, qator yutuqlarga erishgan mutaxassis, O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sport ustozi, qora belbog' 6-DAN sohibi Nurxon Ziyatovich Nafasov nomzodi ilgari surildi. Konferenciya ishtirokchilari ushbu nomzodni bir ovozdan qo'llab quvvatlashdi va Nurxon Nafasov 12 yillik tanaffusdan so'ng yana O'zbekiston karate Milliy federaciyasi prezidenti etib saylandi.

Jismoniy tarbiya va sport vaziri SHoakram Isroilov Konferenciyada so'zga chiqar ekan, karateda yuzaga kelgan muammolarni hal qilish lozimligi haqida to'xtalib o'tdi.

"Yangi rahbarni saylangani bilan tabriklaymiz. Xabaringiz bor, MOQ va vazirlik bugungi kunda birgalikda ish olib bormoqda. Bu to'g'ri, chunki ish davomida yo'llar baribir kesishadi. Karateni OZK va BO'SMlarda ham rivojlantirishimiz lozim. Mazkur sport turida turli yo'nalishlar bor. Asosiy yo'nalish Olimpiya va Osiyo o'yinlari dasturiga kiritilgan WKF yo'nalishi hisoblanadi. Aynan ushbu yo'nalish bugungi kunda butun dunyoda rivojlantirilmoqda. Ish jarayonida tushunmovchiliklar yuzaga kelmasligi kerak. SHuningdek, yakkakurashlar bolalar sog'lig'iga zarar etmasligi darkor. Nohush holatlarni oldini olish uchun kerakli choralarni ko'rish lozim. Yosh sportchilarni tibbiy ko'riklardan o'tkazish jarayoniga alohida etibor qaratish zarur. Kam taminlangan oilalarning farzandlariga ham karate bilan shug'ullanishlari uchun sharoit yaratib berish lozim. Yangi saylangan rahbarga bu yo'lda omad tilayman", - dedi SHoakram Isroilov.

SHundan so'ng federaciyaning yangi rahbari Nurxon Nafasov so'zga chiqib, jumladan shunday dedi:

“Avvalo menga bildirilgan yuksak ishonch uchun O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasiga, Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga cheksiz minnatdorchilik izhor etaman. Zimmamga nechog'lik masuliyatli vazifa yuklanayotganligini juda yaxshi his qilib turibman. Ammo ishonchim komilki, birgalikda biz o'z oldimizga qo'yilgan barcha maqsadimizga etisha olamiz. Bu erda o'tirganlarning ko'pchiligi bilan yaqindan tanishmiz, ayrimlari bilan karate rivoji yo'lida elkama-elka xizmat qilganmiz.

Asosiy maqsad karatening ommaviyligini oshirish, iqtidorli sportchilar tayyorlash tizimini isloh qilish va shu orqali xalqaro maydondagi natijalarni yaxshilashdan iboratdir. Yaxshi malumki, 2020 yili Tokioda bo'lib o'tadigan Olimpiya o'yinlari dasturidan tarixda birinchi marta karate sport turi ham o'rin olgan. SHak-shubhasiz bu sportning ushbu turi uchun tarixiy voqea hisoblanadi va ishonamanki kunchiqar yurtda o'zbek karatechilari, o'zimizning qorako'zlar ham Olimp shohsupasiga ko'tarilishadi.


Buning uchun esa tayyorgarlikni bugundan boshlash lozim. Yaqin 2 yil ichida kerak bo'lsa kuniga 24 soatdan mehnat qilishimiz, yagona maqsad yo'lida birlashishimiz, mamlakatimizda sportning yakkakurash turlari orasida karatening nufuzini oshirishga intilishimiz kerak. Yuqorida sanab o'tilgan maqsadlarga erishish yo'lida men barchani eshitishga, fikr almashishga tayyorman. Bu borada har biringizning taklifingiz men uchun g'oyatda muhim. Fursatdan foydalanib, o'zbek sportida ulkan islohotlarni amalga oshirayotgan, biz - sport ahliga barcha kerakli sharoit va imkoniyatlarni yaratib berayotgan muhtaram Prezidentimiz SHavkat Miromonovich Mirziyovga, qolaversa O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga tashakkur izhor qilaman”.

O'z navbatida N.Nafasov oldiga qisqa fursat ichida federaciya faoliyatini tubdan isloh kilish, iqtidorli sportchilar tayyorlash tizimini yaratish, terma jamoa tarkibida raqobatni kuchaytirish, murabbiylar malakasini oshirish, Osiyo va Olimpiya kabi nufuzli musobaqalarda yurtimiz sharafini munosib himoya qila oladigan sportchilarni tarbiyalash vazifasi yuklatildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing