So’nggi yangiliklar

11:54Разамбек Жамалов ўнинчи операциядан кейинги ҳолати ҳақида маълумот берди 0 11:33Лионель Месси кежалаги борасида бир қарорга келди 0 11:12UFC рейтинги янгиланди: Топурия P4P рейтингининг янги қироли! 0 10:51Навоий “Uzbekistan Judo Tour” мусобақаси кучлиларни аниқлади ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 10:30Фьюри, Жошуа, Кроуфорд каби машҳурлар Мадияр Саидраҳимов иштирокидаги IBA турнирига ташриф буюришади 0 10:09ОКМК дарвозабони жамоани тарк этишга яқин 0 09:48Жаҳон кубоги. Илк кунни битта ғалаба ва битта мағлубият билан бошладик, бугун яна уч ҳамюртимиз рингга чиқади 0 09:27Сув спорт турлари бўйича Жаҳон чемпионати учун таркибларимиз аниқ бўлди 0 09:06Авлиёхон Ҳамидов Тошкентда жанг қилади, рақиб аниқ (ПОСТЕР) 0 08:45Сенсация! "Ал Ҳилол" даҳшатли ўйинда "Манчестер Сити"ни мағлуб этди ва кейинги босқичга йўл олди 0 19:26Анкалаев навбатдаги рақиби ҳақида гапирди, у Перейра ёки Прохазка эмас 0 19:05Формула-1. Австрия Гран-приси ғолиблиги Ландо Норрисга насиб этди 0 18:39Адесанья, Гастелум ва бошқалар UFC Шон-шуҳрат залига киритилди 0 18:18GiveMeSport дунёнинг энг яхши футболчилари рейтингини эълон қилди 0 17:53Дана Уайт Том Аспиналлнинг навбатдаги рақиби ким бўлишини айтди 0

10 may 19:27
Yangiliklar

Boks/MMA

Nyu-York jamoasida ringga chiqayotgan samarqandlik SHerbek Rahmatulloev

Sportchilarimiz jahon arenalarida katta yutuqlarga erishishiga ko'nikib boryapmiz.

Bunda mashaqqatli mehnat va o'z ustida ishlashni talab qiluvchi mashg'ulotlar, xususan, xorijlik mutaxassislar ishtirokida, xorijiy mamlakatlarda tayyorgarlik olib borish ahamiyatini hech kim inkor qilmaydi. Masalan, oxirgi yillarda bokschilarimiz chet elda mashg'ulotlar o'tkazib kelmoqda. 

Ular ichida kelajakda olamshumul natijalarga erishish salohiyatiga ega yoshlar ko'p. SHulardan biri bugun Nyu-York jamoasi azosi sifatida Team Combat ligasida ishtirok etayotgan asli samarqandlik SHerbek Rahmatulloevdir. 

Biz u bilan qanday qilib "katta olma"ning katta ringlariga chiqib qolgani, murabbiylari, kelajakdagi rejalari haqida suhbatlashdik. 

Amakimga havas qilib boksga kirib kelganman 

1996 yil 6 oktyabr kuni Samarqand viloyati Samarqand shahrida tug'ilganman. Men oilada 6 farzanddan biriman. Oilamizda mendan tashqari faqat bir akam sportga qiziqdi va jiu-jitsu/greppling bilan shug'ullanib, ikki karra O'zbekiston chempioni bo'ldi, Osiyo va jahon chempionatlarida ham qatnashdi. 

Mening boksga kirib kelishim ushbu sport bilan professional shug'ullangan amakimga havas qilganim bilan bog'liq. 13 yoshimda boks mashg'ulotlariga qatnashishni boshladim. Mening birinchi murabbiyim Qobiljon SHukurov bo'lgan. Ular sport ustasi, sobiq Ittifoqning boks bo'yicha ikki karra chempioni bo'lganlar. 2012 yili 16 yoshimda, yoshlar o'rtasidagi O'zbekiston chempionatida 3-o'rinni olganman. Bu men uchun respublika ko'lamidagi birinchi musobaqa bo'lgan. 

O'zbekiston chempioni bo'lganim menga ko'p eshiklarni ochdi

2014 yili O'zbekiston chempionatiga mening ona shahrim Samarqand mezbonlik qildi. Unda menga yoshlar o'rtasida birinchilikni qo'lga kiritib, O'zbekiston chempioni bo'lish nasib qildi. Aynan shu g'alabamdan keyin ota-onam va yaqinlarim ham mening boksga, sportga bo'lgan munosabatim jiddiy ekanini anglab etishdi va meni yana ham ko'proq qo'llab-quvvatlay boshlashdi. 

Ushbu chempionligim tufayli men O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutiga davlat granti asosida o'qishga qabul qilindim. 2015 yildan boshlab, O'zbekiston terma jamoasi azosi bo'ldim. Menda Murodjon Ahmadaliev, Bahodir Jalolov, Isroil Madrimov, Bektemir Meliqo'ziev kabi katta bokschilar bilan chet davlatlar, xususan, Germaniya va Hindistonda o'quv-mashg'ulot yig'inlarida qatnashish imkoniyati paydo bo'ldi.  

2016 yil men O'zbekiston chempionatining kattalar o'rtasidagi musobaqalarda qatnasha boshladim. O'shanda finalga chiqdim. 2017 yil ham men musobaqa finalchisi bo'ldim. 2018 yilgi O'zbekiston chempionatida esa 3-o'rin g'olibi bo'lganman. 

Avval Sankt-Peterburg, keyin Amerikada shug'ullanish bo'yicha shartnoma oldim

2019 yil men shartnoma bilan Rossiyaning Sankt-Peterburg shahriga ketganman. U erda mening murabbiyim, menejer hamda promouterim bo'lgan Abdusattor Aliev yordamida ikki yil shug'ullandim. Keyin Abdusattor Aliev menga Amerika Qo'shma SHtatlaridagi tashkilotlar bilan muzokaralar olib bordi, menga kontrakt taklif qilishdi bu mamlakatdan. 

SHu kungacha faqat mashg'ulotlar bilan band bo'ldim, ammo hali 6 va 8 raundlik professional janglar o'tkazganimcha yo'q. Kelayotgan oylarda birinchi shunday jangimni o'tkazishim kutilmoqda. 

Hozirda Nyu-York shahri jamoasi azosi sifatida Team Combat League ligasida bir raundli janglarda qatnashyapman. Amerikada ham professional janglarda qatnashib, o'z vazn toifam bo'yicha ringlarda munosib o'ringa ega bo'lmoqchiman.

Saidaziz Azamov suhbatlashdi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing