07 sen 16:41
Yangiliklar
Boks/MMA

Octagon 78 boshlanmoqda. Markaziy jangda hamyurtimiz kamar uchun oktagonga chiqadi
Qozog'istonning Olma-Ota shahridagi "Baluan SHolak" majmuasida MMA bo'yicha Octagon 78 musobaqasi start arafasida.
Oqshomning markaziy bahsida hamyurtimiz Saidotaxon Nuriddinov Qozog'iston vakili Bogdan Pshelbeskiy bilan to'qnash keladi. Jang yarimo'rta vazn toifasida vakant bo'lib turgan chempionlik kamari uchun o'tkaziladi.
Ikkinchi asosiy jangda esa yana bir yurtdoshimiz Asadbek Qoxorov gruziyalik Nika Jakoniyaga qarshi bahs olib boradi.
Bundan tashqari, Octagon 78 turnirida yana to'rt nafar o'zbekistonlik aralash yakkakurash ustalari chiqish qiladi. Turnir soat 17:00 da start oladi. Janglarni Octagon TV YouTube kanali orqali tomosha qilishingiz mumkin.
To'liq kard:
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar