30 okt 09:12
Yangiliklar
Boks/MMA
Octagon 80 turnirida jang qilgan to'rt hamyurtimizning uch nafarida g'alaba
Kecha Qozog'istonning Ostona shahrida MMA bo'yicha Octagon 80 musobaqasi o'tkazildi.
Musobaqada to'rt nafar o'zbekistonlik aralash yakka kurash ustalari ishtirok etib, yakunda ularning uch nafari o'z janglarida g'alaba qozonishdi.
Natijalarimiz:
Engil vaznda: Og'abek "Saturn" Abdumo'minov - Marselen Kamate (Qozog'iston), (2-raundda TKO);
Engil vaznda: Asadbek Saidov - Valijon Rajabov (Tojikiston), (Ochkolar hisobiga ko'ra);
Yarim engil vaznda: Islom Jo'raev - Doston Malik (Qozog'iston), (2-raundda sabmishen orqali);
Eng engil vaznda: Farhod Qudratov - Kutman Usupkojaev (Qirg'iziston), (Ochkolar hisobiga ko'ra).
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar