21 avg 12:06
Yangiliklar
Boks/MMA
Octagon 91: Suhrobbek Atajanov titul jangida qatnashmaydi
Bu haqda Liga matbuot xizmati xabar berdi.
Malum bo'lishicha, 5 sentyabr kuni Toshkent shahridagi "Humo arena" majmuasida tashkil etiladigan MMA bo'yicha Octagon 91 turnirining ikkinchi asosiy jangida ishtirok etishi ko'zda tutilgan o'zbekistonlik aralash yakka kurash ustasi Suhrobbek Atajanov jarohat olgani sabab turnirda qatnashmaydi.
Endi uning raqibi, tojikistonlik Amirxon Atoxonov boshqa bir hamyurtimiz — Jamoliddin Rahmonjonov bilan to'qnash keladi.
Jang eng engil vazn toifasidagi chempionlik kamari uchun o'tkaziladi.

Havola :
Manba : octagonleague
Fikrlar