14 jan 14:20
Yangiliklar
Boks/MMA
"Odamlarning xotirasi qisqa. Tayson uch karra jahon chempioni bo'ladi" - Fyurining otasi
Superog'ir vaznda ikki karra jahon chempioni bo'lgan britaniyalik Tayson Fyurining otasi Jon Fyuri o'g'lining professional ringga qaytishi haqida fikr bildirdi.
"Odamlarning xotirasi qisqa. U Vladimir Klichkoni mag'lub etganida ham xuddi shu gaplarni aytishgan. U Deontey Uaylderni eng yuqori cho'qqisida mag'lub etgan, ammo odamlar yana shuni gapirishgan. Taysonning formasi haqidagi gaplar — eski qo'shiq. Yangiliklarni kuzatib boring. U uch karra jahon chempioni bo'ladimi? Aniq. Agar bo'lmasa ham, hech bo'lmasa u harakat qilib ko'radi", — dedi Fyuri.
Havola :
Manba : Seconds Out
Fikrlar