05 jan 11:39
Yangiliklar

Odiljon Aslonov: "Bo'lajak raqibim tajribali bokschi ekan"
Bugun musobaqa doirasida o'zbekistonlik bokschi Odiljon Aslonov mezbon Andrey Efremenkoga qarshi ringga ko'tariladi. Bugungi jang oldidan biz bokschimizning fikri bilan qiziqdik.
"To'g'risini aytsam birorta janggimdan oldin reja qilmayman. Qanaqa natija bo'lishidan qatiy nazar hammasi Allohdan. Holis niyat bilan Allohga tavakkal qilib, ringga chiqaman. Raqibimni jang uslubini o'rganib chiqdim. Ancha tajribali bokschi ekan", - dedi Odiljon.
Eslatib o'tamiz, janglar bugun soat 21:30 dan boshlab «Match TV» kanali orqali jonli translaciya qilinadi. Boks oqshomi doirasida shuningdek SHukurjon Rahimov ham jang o'tkazadi. "Olamsport.com" sayti har ikkala bokschimizga omad tilaydi.
Xurshida Abdiqulova suhbatlashdi
Fikrlar