08 jan 23:38
Yangiliklar
Boks/MMA

Odiljon Aslonov Rossiyadagi musobaqa finalida ringga ko'tarildi
Rossiya Federaciyasining Sochi shahrida boks bo'yicha "Liga Stavok" musobaqasi yakuniga etmoqda.
Musobaqada Murat Gassiev jamoasi tarkibida janglarda qatnashayotgan -75 kg vaznli bokschimiz Odiljon Aslonov bugun final doirasida rossiyalik Murat Rabadanovga qarshi jang qildi.
To'rt raund yakuniga ko'ra hakamlar 40:36 hisobida Odiljon Aslonovning g'alabasini qayd etishdi.
Ushbu g'alaba orqali bokschimiz jamoasiga qimmatli ochkoni taqdim etdi.
Eslatib o'tamiz, Aslonov 5 yanvar kuni o'tkazilgan jangda rossiyalik boshqa bir raqibini mag'lubiyatga uchratgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar