23 noy 16:16
Yangiliklar
Odilxon: "Men hali mag'lubiyat va sinovli kunlarni ko'rmagan ekanman!"
O'zbekistonlik 21 yoshli aralash yakkakurash ustasi, Octagon jangchisi Odilxon Kamolov instagram sahifasi orqali mag'lubiyatidan so'ng yana bir bor post qoldirdi.
"In SHa Allah yanvar oyida qaytamiz. Oldindagi 2 oy tezda o'tib ketar. Ammo men uchun asrlardek o'tishi kutilyapti. Bilasizmi, biroz o'yga tolib ko'zimni ochdim va ortga qaradim. Men hali mag'lubiyat va sinovli kunlarni ko'rmagan ekanman! Har qadamda olqishlar va maqtovlar ko'zimni ko'r qilibdi! Endi esa aslida kim uchun kim ekanimni bildim. Ozgina tabassum qildim va kuchli bo'lishga o'z-o'zimga vada berdim. Qudratli inson bo'lishni istayman va bu yo'ldagi sinovlarni enga olishimga ishonaman. "ONA BIZ UDDALADIK" degan so'zni ikki oydan keyin eshitasiz In SHa Allah! Qishki uyquga kettik. Biz hali kuchli bo'lib qaytamiz!!!", - deb yozgan Odilxon Kamolov.
Fikrlar