29 iyu 08:50
Yangiliklar
Boks/MMA

Odilxon yana Octagon League'da jang qilishi elon qilindi, sana va manzil ham aniq
16 avgust kuni Qozog'istonning Olma-Ota shahridagi ASP Arena majmuasida MMA bo'yicha Octagon 77 turniri o'tkaziladi.
Liga matbuot xizmatining malum qilishicha, turnir doirasida qozog'istonlik Erkebulan Toktar, o'zbekistonlik Odilxon Kamolov va Tojikiston vakili Kamil Karate jang qiladi. Hozircha ularning raqiblari elon qilinmagan.
Yodingizda bo'lsa, shu yilning aprel oyida Erkebulan Toktar Olma-Ota shahrida Odilxon Kamolov bilan janjallashib, unga tarsaki tushirgandi. SHundan keyin Octagon League ikki sportchini uch oy muddatga diskvalifikaciya qilgandi.
Havola :
Manba : octagonleague
Fikrlar