07 noy 07:56
Yangiliklar
Boks/MMA
Odilxonning raqibi hali faoliyati davomida g'alaba qozonmagan jangchi bo'ladi!
Xabar berganimizdek, 8 noyabr kuni Olma-Otada (Qozog'iston) MMA bo'yicha Octagon 81 turniri bo'lib o'tadi.
Musobaqada ishtirok etadigan o'zbekistonlik taniqli pop-MMA jangchisi Odilxon Kamolovning raqibi nomi malum bo'ldi.
Kamolov turnir doirasida Turkmaniston vakili Xojageldi Xojakov bilan to'qnash keladi.
Odilxon so'nggi jangini avgust oyida boshqa bir o'zbekistonlik atlet — Dilshod Madalievga qarshi o'tkazib, g'alaba qozongandi. Kamolov faoliyati davomida hozirgacha 7 ta g'alaba va 4 mag'lubiyat qayd etgandi. Xojageldi Xojakov hisobida esa 3 ta jangdagi 3 ta mag'lubiyat bor.
Havola :
Manba : Octagon League
Fikrlar