So’nggi yangiliklar

19:07Левченко Ўзбекистон чемпионлигини қўлга киритган 21-мураббий бўлди 0 18:44Формула-1. Макс Ферстаппен Лас-Вегас Гран-приси ғолиблигини қўлга киритди 0 18:20Шуҳрат Салаев Бангкок Гран-при Челленжи ғолибига айланди 0 17:56Тагир Уланбеков Ҳоригучига қарши мағлубиятдан сўнг илк бор пост қолдирди 0 17:28Расман: АҚШ ЖЧ иштирокчиси ҳисобланган давлат ишқибозларини мамлакатга киритмайди 0 17:00Гусковга ютқазган Никита Крилов UFC 324 турнирида жанг қилади 0 16:38Жавоҳир Синдаров Жаҳон кубоги финалига йўл олиш билан бирга Номзодлар турнири иштирокчисига айланди 0 16:02Царукян: "Сешанба куни UFC'дан анонс кутаман" 0 15:37Аёллар Осиё Чемпионлар Лигаси. "Насаф" сафарда "Ист Бенгал" жамоасини йирик ҳисобда таслим этди 0 15:13Ар-Риёдда Ring IV: Night of the Champions бокс оқшоми ўтказилди 0 14:48Ёш гандболчиларимиз Жаҳон чемпионатига йўлланма олишди 0 14:25Разамбек Жамалов Арман Царукянни ғалаба билан табриклади (ФОТО) 0 13:58Суперлига охирги тур учрашувлари бошланиш вақти маълум 0 13:34Билол Муҳаммад Иан Гэрридан учралган мағлубияти ҳақида фикр билдирди 0 13:07Тошкентда Президент Олимпиадаси бошланмоқда 0

20 sen 11:09
Yangiliklar

Boks/MMA

O'FA Faxriylar kengashi raisi Narimon Jalolov 88 yoshida vafot etdi

Olamsport.com sayti Narimon Jalolovning vafoti munosabati bilan marhumning yaqinlariga chuqur hamdardligini bildiradi.

=Narimon Jalolov 13 yoshidayoq futbol o'ynashni boshlagan. O'sha kezlarda Jalolov Toshkentning “Spartak” jamoasi azosiga aylanib sport jamiyatlari o'rtasida o'tkazilgan birinchilikda g'olib chiqqan holda g'alabali va muvaffaqiyatli davrni boshlagan edi.

Toshkent shahri va viloyatdagi futbol taraqqiyotida ham Narimon Jalolovning hizmatlari beqiyosdir. Ayonan shu insonning say-harakatlari ostida CHirchiq, Oqqo'rg'on, Bekobod va Olmaliq shaharlarida stadionlar barpo etilgan. 37-yoshli Jalolov 1968-yilda o'zbek futbolining bayroqdori Toshkentning “Paxtakor” klubiga ham boshliq sifatida faoliyat yuritgan. O'shanda paxtakorchilar Sobiq Ittifoq Kubogining finaligacha etib borgan edi.

Narimon Jalolov 1992 yilda O'FF vice-prezidenti etib tayinlangan. So'nggi yillarda O'FA Faxriylar kengashi raisi sifatida ishlab kelmoqda. Narimon Jalolovich "O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan murabbiy", "SHuhrat" medali, O'FA ko'krak nishoni sohibi.

23 sentyabr kuni Narimon Jalolovich 89 yoshga to'lar edi...

Janoza bugun soat 15:00da Narimon Jalolovning uyida o'qiladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing