11 may 21:18
Yangiliklar
Boks/MMA

Og'abek "Saturn" MMAdagi ikkinchi jangini o'tkazdi
Octagon 72 turnirining asosiy kardidan o'rin olgan ilk bellashuv yakunlandi.
Unda engil vazn toifasidagi o'zbekistonlik pop-MMA jangchisi Og'abek "Saturn" Abdumo'minov Qozog'iston vakili Marselen Kamatega qarshi oktagonga ko'tarildi.
3 raundlik jang ikkinchisida muddatidan oldin yakunlandi. "Saturn"ning raqibi jarohat tufayli bahsni davom ettira olmadi.
SHu tariqa, "Saturn" faoliyatidagi ikkinchi jangida ikkinchi g'alabasini qo'lga kiritdi. Kamate esa debyut bellashuvida mag'lubiyatni qabul qilib oldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar