So’nggi yangiliklar

14:52Биволнинг мураббийи Шаҳрам Ғиёсовнинг чемпионлик жангида секундантлик қилади 0 14:29"Реал" ҳимоячиси Жаҳон чемпионатини ўтказиб юбориши мумкин 0 14:07Шаҳрам Ғиёсов жанг учун Мисрга етиб борди (ВИДЕО) 0 13:45Енгил атлетикачиларимиз сакраш турлари бўйича илк Осиё чемпионатида қатнашади 0 13:21UFC Рамазон Темиров жанг қиладиган турнирни расман эълон қилди (ПОСТЕР) 0 12:57ЖЧ тарихида илк бор: футболчилар танаффус пайтида журналистлар билан гаплашади 0 12:36Царукян: "Хамзат вазн ташлашни охирига етказмоқчи эмасди" 0 12:15Гейбл Стивсоннинг UFC`даги дебют рақиби маълум бўлди 0 11:54Жон Жонс: "Кормье билан ўртамизда рақобат бўлмаган, чунки..." 0 11:33Анвар Анваров Шанхайдаги "Бриллиант лига" босқичида шоҳсупага кўтарилди 0 11:12Жамоа юлдузи учун жой йўқ! Эрон терма жамоасининг кенгайтирилган таркиби эълон қилинди 0 10:51Grand Chess Tour: Super Chess Classic Romania 2026. Синдаровнинг 4-турдаги юришини Бибисара бошлаб берди 0 10:30Таэквондочиларимиз катта таркибда Осиё чемпионатига йўл олди 0 10:09Нилуфар ва Шоҳсанам Бранденбургдаги Жаҳон кубогида ҳам шоҳсупага кўтарилди 0 09:48"Интер Майами"дан навбатдаги ғалаба. Мессидан гол+ассист + ВИДЕО 0

10 dek 14:46
Yangiliklar

Og'ir atletika

Og'ir atletika. Doston Yoqubov va Adham Ergashev uchun JCH muvaffaqiyatsiz yakunlandi

Bugun tongda Bogotada bo'lib o'tayotgan Jahon chempionati doirasida ikki nafar hamyurtimiz o'z ishtirokini boshlashdi.

Kolumbiya poytaxti Bogota shahri mezbonlik qilayotgan 2022 yilgi og'ir atletika bo'yicha kattalar o'rtasidagi jahon chempionatining 5-kunida  terma jamoamizning 2 nafar vakili Doston Yoqubov hamda Adham Ergashev -67 kg vazn toifasida medallar uchun kurash olib borishdi. Biroq kutilmaganda sportchilarimiz bu gal shohsupaga ko'tarila olmadilar.


Doston Yoqubov dast ko'tarishda 135 kg, siltab ko'tarishda 172 kg  va ikkikurashda 307 kg bilan jahonning eng sara sportchilari orasida sakkizinchi pog'onadan joy oldi. Afsuski, yana bir iqtidorli sportchimiz Adhamjon Ergashev dast va siltab ko'tarish mashqlarida hech bir urinishdan unumli foydalana olmadi.

Oltin medal mezdon davlat vakili Francisloga nasib etgan bo'lsa, Tokio-2020 Olimpiada chempioni xitoylik CHen Lijun kumush medal egasiga aylandi. Bronza medalini tailand vakili Virafon Vichuma qo'lga kiritdi.

Erkaklar 

VT -67kg 

Natijalar:

Oltin - FRANCISKO MOSQUERA (Kolumbiya)

- Dast ko'tarish: 143KG 

- Siltab ko'tarish: 182KG

- Ikkikurash: 325KG

Kumush - LIJUN CHEN (Xitoy)

- Dast ko'tarish: 148KG

- Siltab ko'tarish: 176KG

- Ikkikurash: 324KG

Bronza - VIRAFON VICHUMA (Tailand)

- Dast ko'tarish: 143KG

- Siltab ko'tarish: 180KG

- Ikkikurash: 323KG

Eslartib o'tamiz Terma jamoamiz vakillarining keyingi ishtiroki 11-dekabr sanasiga belgilangan bo'lib, unda Og'abek To'xtaev -81 kg vazn toifasida suppaga ko'tariladi

O'zbekiston og'ir atletika federaciyasi matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing