So’nggi yangiliklar

13:37Усман Нурмагомедов Абу-Дабидаги қамоқхонада қандай шароитда сақланиши айтилди 0 12:53Дмитрий Бивол ўз юртидаги ва хориждаги баҳслар нимаси билан фарқ қилишини айтди 0 12:00Остон Ўруновни Эроннинг бошқа клуби сотиб олмоқчи 0 11:08"Усман UFC'га керак. У ерда бундай йигитларни яхши кўришади". Царукян Нурмагомедовнинг жанжалдан кейинги келажаги ҳақида гапирди 0 10:17Саккизта медалга эга Ўзбекистон делегацияси IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечанчи ўринни эгаллади? 0 09:46Россия бокс терма жамоасига виза беришмади 0 09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0 08:44Zagreb Grand Prix 2026. Диёра Келдиёрова яна шоҳсупада! 0 08:13"UFC Усман Нурмагомедовга умрбод тақиқ қўйилишидан умидворман" - Нина Драма 0 07:42WBC россиялик боксчиларни рейтинглар ва чемпионлик жангларидан четлатиш қарорини тасдиқлади 0 07:01Лионель Месси Аргентинада махсус учрашувда иштирок этади 0 20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0

27 apr 11:14
Yangiliklar

Og'ir atletika

Og'ir atletika. Ergashev Osiyo chempionatida kumush medaliga ega chiqdi

Urganch shahrida og'ir atletika bo'yicha o'smirlar va yoshlar o'rtasida Osiyo chempionati davom etmoqda.

Yoshlar o'rtasidagi bellashuvlarda -69 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Adhamjon Ergashev ikkikurash natijasiga ko'ra sovrindorlar qatoridan joy oldi.

Hamyurtimiz dast ko'tarishda 131kg. og'irlikni o'ziga bo'ysundirib, bu borada eng yaxshi natijaga sazovor bo'ldi va oltin medali bilan taqdirlandi. Siltab ko'tarishda esa Adhamjon 167 kg. tosh ko'tara oldi. Ushbu natijasi bilan u ikkinchi o'ringa loyiq ko'rildi. Yakunda, umumiy hisobda 298 kg. natija ko'rsatgan Adhamjon Ergashev, ikkurash natijasiga ko'ra Osiyo chempionatining kumush medali sohibiga aylandi.

Etiborlisi, u birinchi o'rinni qo'lga kiritgan vetnamlik Kuang Trong Nguendan bor yo'g'i 1 kilogrammga ortda qoldi. Uchinchi o'rin va bronza medali esa ikkikurash natijalariga ko'ra 275 kg. tosh ko'targan boshqa bir vetnamlik polvon Van Xyu Nguenga nasib qildi. Ushbu vazn toifasida ishtirok etgan yana bir vakilimiz Hakimjon SHamsiddinov ham bronza medalini qo'lga kiritgan raqibi bilan teng natija qayd eta olgandi. Biroq, qoidalarga ko'ra, bunday holatda vazni nisbatan kamroq bo'lgan sportchi yuqori o'ringa chiqadi.

Bu ikkikurash yakunlariga ko'ra terma jamoamizning Osiyo chempionatidagi uchinchi medali bo'ldi. Bungacha qizlar o'rtasida bo'lib o'tgan bellashuvlarda Nigora Abdullaeva oltin, Zuhra Otajonova esa kumush medalga sazovor bo'lgandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing