So’nggi yangiliklar

19:30Қоч Ўзбекистон келяпти: Богдан Гусков тарихий имконият остонасида, Рамазон Темиров эса ўз йўлини давом эттиради (мутолаа учун) 0 19:05Дастин Порье фаолиятидаги энг кучли рақибни айтди. Бу Ислам Махачев эмас 0 18:39Алекс Перейра навбатдаги жангини қачон ўтказишини маълум қилди 0 18:14Равшан Эрматов U-20 Жаҳон чемпионати санаси, янги стадион очилиши ҳамда Осиё кубоги мезбонлиги ҳақида гапирди 0 17:45UFC тарихида ўзбекистонлик жангчилар илк марта бундай натижага эришишди 0 17:23Магомед Анкалаев: "Мен билан жангга тайёргарлик кўриш учун 10 йил керак!" 0 16:57Ўзбекистон Davis Cup - Group III турниридаги иштирокини бошлаш арафасида 0 16:30Дешам Испанияга қарши ўйин олдидан: "Улар яққол фаворит" 0 15:58Царукяннинг жанги чемпионлик мақомида бўлади + ПОСТЕР 0 15:19Нурсултон Рўзибоев янгиланган рейтингда ТОП-15'га кириб олди 0 14:56Пауло Коста нега Анкалаев билан жангдан бош тортганини маълум қилди 0 14:23Колумбия футболчиси ўлим таҳдидлари туфайли ЖЧ-2026`дан сўнг ватанига қайтмади 0 13:49FIDE Жаҳон Кубоги форматида ўзгаришлар бўлди 0 13:22Дастин Порье Макгрегорга: "Сени яна калтаклашга тайёрман" 0 12:57Аичи-Нагоя 2026: Uzbekistan Aquatics, волейбол ва велоспорт федерацияларида тайёргарлик жараёнлари муҳокама қилинди 0

20 apr 16:29
Yangiliklar

Boks/MMA, Dzyudo, Og'ir atletika

Og'ir atletikachimiz Ivan Efremovga London-2012dagi medal uchun pul mukofoti topshirildi

London-2012 sovrindori Ivan Efremov va 2021 yilgi jahon chempionatlari qahramonlari pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi.

Bugun Sportni rivojlantirish vazirligida 2021 yilgi jahon chempionatlari g'olib va sovrindorlari hamda ularning murabbiylari, shuningdek, London-2012 XXX yozgi Olimpiya o'yinlarining bronza medali sovrindori Ivan Efremovni taqdirlash marosimi o'tkazildi. Unda SHahrullo Mahmudov boshchiligidagi Sportni rivojlantirish vazirligi mutasaddilari, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administraciyasi masul xodimi Asilbek Murtazoev, sportchi va murabbiylar hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.

Tadbir avvalida rasmiylar atletlarimizning Vatanimiz sharafini xalqaro maydonda munosib himoya qilib kelayotganlari haqida to'xtalib, hukumatimizning bunday natijalarni beetibor qoldirmasligi ularning kelgusi muvaffaqiyatlari uchun katta kuch berishini takidlashdi.

“Bugun sportchilarimizning 2021 yilda dunyo birinchiligida erishgan yutuqlarini qutlash uchun yig'ilganimizdan mamnunmiz. Atletlarimizning xalqaro maydonda qo'lga kiritgan ulkan zafarlari shaxsan Prezidentimiz tomonidan etirof etildi. Davlatimiz sportchilarimizning g'alabalariga hamisha etibor qaratgan. Bunday mukofotlar oldimizda turgan Xanchjou-2022 Osiyo o'yinlari va boshqa musobaqalar oldidan ularda yanada katta motivaciya uyg'otadi. Biz esa ushbu startlarda munosib ishtirok etib, kelgusida ham bildirilgan ishonchni oqlaymiz, degan umiddaman”, – dedi SHahrullo Mahmudov.

O'z navbatida, Oybek Kasimov sportchilarning davlat tomonidan bunday taqdirlanishini hech qaysi mamlakatda uchratmaganini takidladi:

“Yil davomida atletlarimizning jahon chempionatlarida erishgan muvaffaqiyatlarini mana shunday taqdirlash ananasini yaxshi yo'lga qo'yib olganmiz. Bunga hukumat darajasida etibor qaratilayotgani barchamiz uchun quvonarli. Davrada mamlakatimizning elita sportchi va murabbiylari jam bo'lishgan. O'rganishlarimiz natijasida hech qaysi davlatda Osiyo o'yinlari va jahon chempionatlaridan keyin ham sovrindor bo'lgan sportchilarni davlat tomonidan mukofotlash ananasini uchratmadik. Barchangizga kelgusi faoliyatingizda yanada ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz”.

SHundan so'ng O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishiga muvofiq, London-2012 XXX yozgi Olimpiya o'yinlari bronza medali sohibi, og'ir atletikachi Ivan Efremov 50 ming, jahon chempionatida g'olib va sovrindor bo'lgan sportchilar mos ravishda 12 ming (oltin medal), 6 ming (kumush medal) va 3 ming (bronza medal), ularni tayyorlagan murabbiylar esa 6 ming, 3 ming va 1.5 ming AQSH dollari miqdorida bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi.



Tadbir davomida sportchilarimiz ham so'z olib, Prezidentimiz va davlatimiz tomonidan ko'rsatilayotgan etibordan mamnun ekanliklarini, kelgusida yanada yuqori natijalar qo'lga kiritib, bunday g'amxo'rlikka munosib javob berishlarini takidladilar.

Malumot uchun, Ivan Efremov London-2012 Olimpiadasida og'ir atletika bo'yicha -105 kg vazn toifasida beshinchi natijani qayd etgan edi. Biroq keyinchalik birinchi va to'rtinchi o'rinni egallagan atletlarda doping aniqlangach, atletimiz uchinchi o'ringa ko'tarilgan. O'tgan yili Xalqaro Olimpiya qo'mitasi Ivan Efremovning Olimpiada sovrindori ekanligini tasdiqlovchi sertifikat va London-2012 medalini yuborgach, sportchimiz Toshkentda o'tgan og'ir atletika bo'yicha Osiyo chempionati arafasida taqdirlangan edi. Bugun u davlatimiz tomonidan har bir Olimpiya sovrindori uchun belgilangan tartibda pul mukofotini qabul qilib oldi.



Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing