26 iyu 08:28
Yangiliklar
Oilaviy triumf! Aka-singil bir kunda Olimpiada chempioni bo'lishdi + FOTO
Mezbonlar har ikki vazn toifasida ham Olimpiada oltin medallarini begona qilishmadi.
Eng etiborga molik jihati shundaki, aka-singil Abelar bir kunda o'z vazn toifalarida shohsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarilishdi. -52 kg vaznda tatamiga chiqqan Uta Abe finalda franciyalik raqibasi Amandin Busharni, -66 kg vazndagi Xifumi Abe gruziyalik Vaja Margvelashvilini mag'lubiyatga uchratib, Olimpiada chempioni bo'ldi.
Ikkinchi kun qahramonlari:
Ayollar. -52 kg vazn toifasi
1. Uta Abe (Yaponiya)
2. Amandin Bushar (Franciya)
3. Odette Gyuffrida (Italiya)
3. CHelsi Jiles (Buyuk Britaniya)
Erkaklar. -66 kg vazn toifasi
1. Xifumi Abe (Yaponiya)
2. Vaja Margvelashvili (Gruziya)
3. An Baul (Janubiy Koreya)
3. Daniel Kargnin (Braziliya)
Fikrlar