16 mar 10:26
Yangiliklar
Gimnastika
Oksana CHusovitina Antaliyadagi Jahon kubogini to'rtinchi o'rinda yakunladi
Sport gimnastikasi bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Antaliya (Turkiya) mezbonlik qilgan Jahon kubogi bosqichidagi ishtirokini yakunladi.
Yurtdoshlarimizdan Oksana CHusovitina tayanib sakrash hamda Abdulaziz Mirvaliev esa erkin mashq bo'yicha final dasturida medallar uchun bahs olib borishdi.
Yakunda CHusovitina 13.133 ball bilan to'rtinchi, Mirvaliev esa 13.233 ball bilan beshinchi natijani qayd etdi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar