So’nggi yangiliklar

21:57Двалишвили Нурмагомедовга "ответ" қилди: "Сизлар майда одамсизлар" 0 21:29"Милан" 4 футболчисини трансферга қўяди 0 20:55"Туран жангчиси" UFC`дан четлатилди 0 20:22Ислам Махачевга Конорга қарши бокс жанги таклиф қилинди 0 19:58Кудерметова Cincinnati Open саралаши финалига йўл олди 0 19:33Маркиньос ПСЖ билан 40-совринини қўлга киритди 0 19:00Тошкент мезбонлик қиладиган World Boxing Жаҳон кубоги финал турнирининг саналари ўзгарди 0 18:08Астана Челленжери. Сергей Фомин ҳам ғалабали юришини давом эттирмоқда 0 17:30Қозоғистон президенти Шавкат Раҳмоновнинг отаси вафотига муносабат билдирди 0 16:46“Барселона” вингери операция қилинди 0 16:04ИНТЕРВЬЮ. UFC собиқ жангчиси Маҳмуд Мурадов билан суҳбат 0 15:28Цветков ва Ростовцев Будапештдаги турнирда 3 та медални қўлга киритишди 0 14:50Бунақаси биринчи марта: Дана Уайтнинг ёрдамчиси Dana White’s Contender Series турнирида жанг қилиб, UFC шартномасини қўлга киритиш имкониятига эга бўлади 0 14:09Ўзбекистон МТЖ Басрадаги мусобақада иштирок этиши мумкин 0 13:36"Царукян UFC чемпионлик жангига лойиқ" - собиқ чемпион 0

18 mar 19:49
Yangiliklar

Gimnastika

Oksana CHusovitina Jahon kubogi saralashida eng yaxshi natija qayd etdi va finalga yo'l oldi

Teglar :  Oksana CHusovitina
Kecha Misr poytaxti Qohira shahrida sport gimnastikasi bo'yicha Jahon kubogi bosqichiga start berildi.

Biz uchun ahamiyatlisi, ushbu nufuzli musobaqada O'zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etmoqda. 

Jahon kubogining Qohira bosqichiga terma jamoamiz quyidagi tarkibda jo'nab ketgan: 

Oksana CHusovitina, Ominaxon Xalilova, Dildora Oripova, Rasuljon Abdurahimov, Abdulla Azimov, Habibullo Ergashev, O'tkirbek Jo'raev. Murabbiylar – Elvira Rakova hamda Ravshan Mirzaev. 


SHuningdek, Stella Koshechkina va Otabek Masharipovlar musobaqada hakam sifatida faoliyat olib boradi. Qohiradagi musobaqalarda jahonning 33ta davlatidan eng kuchli va istedodli sportchilar g'oliblik uchun bahs olib borish istagini bildirgan. Bu jahon kubogi bosqichlari tarixidagi rekord ko'rsatkichdir.

Kecha jahon kubogining tayanib sakrash yo'nalishida saralash bahslari o'tkazildi. Saralash bahslari hamyurtimiz Oksana CHusovitina uchun muvaffaqiyatli kechdi. 

U eng yaxshi natija qayd etgan holda final bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi. Qo'shpoya (brus) yo'nalishidagi saralash bahslarida iqtidorli qizimiz Dildora Oripova ham final bosqichiga yo'llanma oldi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing