01 may 19:58
Yangiliklar
Gimnastika
Oksana CHusovitina tayanib sakrash dasturida tengsiz!
Misrning Qohira shahrida sport gimnastikasi bo'yicha Jahon kubogining 4-bosqich bellashuvlari nihoyasiga etdi.
Ushbu bosqich bellashuvlaridan so'ng har bir yo'nalish bo'yicha mavsumning eng yaxshilari elon qilindi. Quvonarlisi, unda hamyurtimiz Oksana CHusovitina tayanib sakrash dasturida eng yaxshi sportchi deb elon qilindi.
CHusovitina bundan avval Kotbus va Doha bosqichlarida bronza, Bokuda esa kumush medalni qo'lga kiritgan edi. Sportchimiz garchi Qohirada sovrindorlar safidan joy ololmagan bo'lsa ham, final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Yakunda barcha bosqichlardagi natijalar yig'indisi CHusovitinani tayanib sakrash dasturining qirolichasi ekanini yana bir bor isbotladi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar