03 sen 18:17
Yangiliklar
Gimnastika
Oksana CHusovitina yana shohsupaning eng yuqori pog'onasida
Turkiyaning Mersin shahrida CHaqiriq kubogining Jahon bosqichi o'tkazilmoqda.
Ushbu musobaqada hamyurtlarimiz ham o'z omadlarini sinab ko'rishmoqda.
Quvonarlisi, bugun ayollar o'rtasidagi tayanib sakrash bahslarida hamyurtimiz Oksana CHusovitina barcha raqibalarini ortda qoldirib, oltin medalga sazovor bo'ldi. Oksana o'z chiqishida 13.067 ball to'plaganini qayd etish lozim.
Ushbu yo'nalishda ikkinchi va uchinchi o'rinlar mezbon turkiyalik sportchilarga nasib etdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar