12 iyu 17:37
Yangiliklar
Gimnastika, Tokio-2020
Oksana CHusovitina: "Zika virusi meni cho'chitmaydi, Rioga boraman"
Tajribali Oksana CHusovitina Zika virusiga qaramay, Braziliyada bo'lib o'tadigan Olimpiadada ishtirok etishga astoydil bel bog'lagan.
Faoliyati davomida 7-marotaba Olimpiadada ishtirok etadigan 41 yoshli gimnastikachimizni ushbu virus qo'rqitmayapti.
"Men ayni paytda podium va medallar haqida gapirmoqchi emasman. Olimpiadaga maksimum ravishda tayyorlanmoqchiman.
Zika virusi? Men u erga homilador bo'lish uchun ketayotganim yo'q", - deydi CHusovitina.
Takidlab o'tish lozimki, Zika virusi ayollarda homilani rivojlanishida muammolar paydo qilishi mumkin. SHu sababli ham ko'pgina ayol sportchilar Rioga borishni istamayaptilar.
Havola :
Manba : 1news.uz
Fikrlar