07 iyu 14:16
Yangiliklar
Gimnastika, Boshqalar
Oksana CHusovitinadan yana bir muvaffaqiyat
1-3 iyul kunlari Turkiyaning Mersin shahrida World Challenge Cup turkumidagi turnir bo'lib o'tdi, deya xabar qilmoqda O'zbekiston gimnastika federaciyasi.
Ushbu musobaqa davomida gimnastikachimiz Oksana CHusovitina ikkita medalni qo'lga kiritdi.
12 ta mamlakatdan tashrif buyurgan 48 nafar sportchi qatnashgan ushbu turnirda CHusovitina tayanib sakrash musobaqasida 15,325 ball bilan oltin medalni qo'lga kiritdi.
Xodada mashq bajarish bo'yicha esa u finalda kumush medalni qo'lga kiritdi.
Ushbu musobaqa CHusovitina uchun Rio-2016 o'yinlari olidan so'nggi turnir vazifasini bajardi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar