So’nggi yangiliklar

20:57FIFA Series. Ўзбекистон Габонни мағлубиятга учратди 0 18:45МЮ италиялик хавбекни қўлга киритмоқчи 0 18:20Одилхон Тошкентда жанг қилади. Рақиб эълон қилинди (ВИДЕО) 0 17:56Георгий Агзамов халқаро хотира турнири якунланди 0 17:30Шавкат Раҳмоновнинг рафиқаси озодликдан маҳрум қилиш жазосига ҳукм қилинди 0 17:04Абдуқодир Ҳусанов Габон билан баҳсда майдонга туша олмайди. Сабаби маълум 0 16:39Эртага Самарқандда ATFC 28 турнири бўлиб ўтади 0 16:14Тошкентда қиличбозлик бўйича Жаҳон кубоги босқичи бошланди 0 15:49UFC Сиэттл турнирининг тўлиқ карди тасдиқланди 0 15:242026 йилда футбол клублари учун 560 млрд сўм ажратилади, Суперлига ва Пролига футболчилари даромад солиғидан озод этилади — Президент Қарори 0 15:01Эдди Хирн Жошуа қайси боксчи учун рингга қайтишга тайёрлигини айтди 0 14:40Арман Царукян фаолиятидаги энг қийин рақиби ким бўлганини айтди 0 14:18Делла Маддалена Махачев билан жангда йўл қўйган асосий хатоси қандай бўлганини айтди 0 13:54Ўзбекистон 1 апрель куни ЖЧдаги сўнгги гуруҳдошини билиб олади 0 13:25Муроджон Аҳмадалиев баҳордаёқ рингга қайтмоқчи 0

14 noy 14:06
Yangiliklar

Gimnastika

Oksana CHusovitinaning izdoshlari saralandi

Poytaxtimizda o'smir qizlar o'rtasida sport gimnastikasi bo'yicha O'zbekiston chempionati bahslari yakunlandi.

Ikki kun davom etgan mamlakat birinchiligida yurtimizning 7 ta hududidan 50 ga yaqin yosh iqtidorli gimnastlarimiz g'oliblik uchun kuch sinashdi.

Sport gimnastikasi bo'yicha yoshlar o'rtasida mazkur chempionat joriy yildagi eng muhim musobaqalardan biridir–deydi musobaqa bosh hakami E.Rakova– G'oliblikni qo'lga kiritgan sportchilar asosida terma jamoa uchun keljakda etakchi nomzodlar saralab olinadi.

Darhaqiqat, sport gimnastikasi olimpiya o'yinlari Dasturidagi eng chiroyli sport turlaridan biri hisoblanadi.

Zamonaviy sport gimnastikasiga 19-asr boshida nemis mutaxassisi F.L.Yan (F.L.Jahn) asos solgan. 1973 yil Xalqaro olimpiada qo'mitasi tasdiqlagan zamonaviy sport gimnastikasi dasturiga erkaklar hamda ayollar o'rtasida o'tkaziladigan shaxsiy va jamoa birinchiliklari kiradi. Har bir mashqda majburiy va erkin kompoziciya bo'ladi.

Sport gimnastikasi tarixida hamyurtimiz afsonaviy gimnast, Olimpiyada chempioni, Jahon va Osiyo chempioni, Gennes rekordchisi Oksana CHusovitinaning o'z o'rni bor.

Bugun yakunlangan mamlakat chempionatida jamoaviy bahslarda poytaxtliklarga teng keladigan jamoa topilmadi.

Finalda ishtirok etgan Toshkent shahrining Toshkent 1 jamoasi 98,460 ochko bilan birinchi, Toshkent 2 jamoasi 94,890 ochko bilan ikkinchi, Samarqand jamoasi 83,890 ochko jamg'arib uchinchi o'rinni qo'lga kiritishdi.

SHaxsiy birinchilikda g'oliblar ro'yxati bilan quyida tanishishingiz mumkin.

FINAL:



Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing