So’nggi yangiliklar

19:49Сабирханга ўзбекистонлик нокаутчидан узоқроқ бўлиш тавсия этилди 0 17:29ММА афсонаси Фёдор Емельяненко ва амалдаги UFC чемпиони Ислам Махачев Тошкентга етиб келди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:36UFC Илия Топуриянинг қайтиш муддатини маълум қилди 0 16:05Ноябрь ойидаги ўртоқлик учрашларимизнинг бошланиш вақтлари маълум 0 15:34Байсангур Сусуркаев Дамиан Пинас билан жангини тасдиқлади 0 15:03Бобур Абдулазизов Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:32Дана Уайт Махачевнинг жангдан воз кечишининг сабабини айтди 0 14:01Суперлига. Бугун 27-турга старт берилади 0 13:30Дакар-2026 Олимпиадасида бугун 3 нафар ўзбекистонлик баҳсларга киришади 0 12:59Уайлдер қайтмоқда. У Фьюри - Жошуа жанги андеркардида рингга чиқади + ПОСТЕР 0 12:28Ҳумоюн Бегмуратов — Жаҳон чемпиони! 0 11:56Sofascore. Ҳусанов яна бир бор ҳимоядаги шериклари орасида энг яхшиси 0 11:25Богдан Гусков: "Уиттакер кўчадан келган болакай эмас!" 0 10:54Полина Кудерметова Chennai Open 1/4 финалига йўл олди 0 10:23Тўрт карра Олимпиада чемпиони Мо Фара "Samarkand Marathon 2026" амбассадори бўлади 0

18 mar 17:41
Yangiliklar

Boks/MMA

Olamsport.com sayti jurnalistlari Edvards - Usman hamda Fiziev - Getji jangiga o'z taxminlarini bildirishdi

Teglar :  UFC 286
Saytimiz hodimlari UFC 286 turnirining asosiy janglari haqida taxmin qildi.

Kamoliddin Alimov

UFC 286 turniri bu yilgi musobaqalarni orasida ancha ko'zga ko'ringanlaridan biri kardi bo'yicha. Kuchli kardga ega. Londonda o'tkazilyapti, biz uchun juda qulay vaqtda boshlanadi. UFC muxlislari uchun katta bayram. Markaziy jang ko'pchilikning diqqat etiborida bo'lishi shubhasiz. O'zi trilogiya, revanshlar unchalik ham ko'p emas UFC'da. O'zi aslida ikkinchi jangda Usmanning kutilmagan mag'lubiyati tasodifiydek ko'ringan edi, chunki ochkolar hisobi bo'yicha katta farq bilan Usman g'alaba qozonayotgan edi. U juda ham alamli mag'lubiyatga uchragan edi ohirgi soniyalarda. Usman bu mag'lubiyatdan albatta to'g'ri xulosa chiqargan, u jangda favorit sifatida oktagonga ko'tariladi va katta ehtimol bilan ochkolar hisobi bo'yicha bugun g'alaba qozonadi. Bu jangda Usmanning imkoniyatini yuqori baholayman.

Fiziev - Getji qarama-qarshiligi. Bu juda ham shiddatli jang. Teng kuchli raqiblar. Fiziev g'alabali seriya bilan kelyapti. Uni imkoniyatlari Getji bilan jangda, bilmadim. Getji ham juda tajribali, "stoyka"da kechsa kerak bu jang. Fiziev o'z intervyusida aytib o'tdi bu jang ko'proq "stoyka"da kechsa kerak, degandek. Parterda hal bo'lmasa kerak deb o'ylayapman, shaxsan men. Imkoniyatlari teng. Bilmadim, hozir kimgadir g'alabani berishga qiynalyapman. Lekin Fizievga muxlislik qilaman, har holda qardosh, yaqinroq. SHu boisdan, bugungi oqshomda Fiziev va Usmanga muxlislik qilaman. Edvards esa tasodifan chempion bo'lib qolmaganini isbotlash uchun harakat qiladi. Umuman olganda, men ham mana shu oqshomni barcha UFC muxlislari singari intiqlik bilan kutyapman.


Aziz To'xtamurodov

Markaziy jang qiziq bo'lishi shubhasiz. Lekin menga undan ham ko'ra, co-main event jangi qiziqroq tuyulmoqda. Fiziev Getjidan xavf kutmasligini aytgandi. U har tomonlama g'alabaga chanqoq. Getji ham oldida qanday sinov turganini bilib turibdi. Yorqin, ochiq va agressiv jang kutyapman. Fiziev g'alaba qozonsa kerak.

Markaziy jangda esa Kamaru Usman kamarini qaytib olishi ehtimoli yuqori.


Nig'monxo'ja Nozimov

Edvards - Usman: Bu bahs ham o'tgan safargisi kabi Usmanning ustunligi ostida o'tsa kerak. Biroq, bu safar Kamaru o'tgan jangdagi xatosini qilmaydi va ishonchli g'alabani qo'lga kiritadi. Men uchun favorit — Usman.

Fiziev - Getji: Ushbu bahsda g'olib kim bo'lishini tahmin qilish juda qiyin. Har ikkkisi ham bitta zarba bilan jangni yakunlashi mumkin. Biroz ustunlik Getji tomonida bo'lsa kerak. Uning tajribasi g'alaba kaliti bo'lishi mumkin.


Jasur Aslanov

Getji hamda Fiziev o'rtasidagi to'qnashuv UFC 286 turnirining eng tomoshabop jangi bo'ladi. Taxminlarim borasida gapiradigan bo'lsam, ikkala jangchi ham tik turgan holatda mushtlashishni yaxshi ko'radi. Boksda imkoniyatlar teng deb o'ylayman, ammo Fiziev oyoqda ham muvaffaqiyatli jang qila oladi. SHu sababli Rafaelning imkoniyatlari yuqoriroq deb o'ylayman.


Diyor Mavlonov

Edvards — Usman trilogiyasida Leon bu safar jangni ehtiyotkorroq boshlasa kerak, Usmanda esa so'nggi imkon, uning yo'qotadigani qolmadi. Jang favoriti Kamaru Usman bo'lib qolaveradi.

Fiziev — Getji. Biror narsa deyish juda qiyin. Ikkisi ham pancher, har tomonlama kuchli ikkala jangchi ham. Ammo tajriba o'z so'zini aytsa kerak, men Jastinning g'alabasiga ishonyapman.


Kamron Hasanov

Leon Edvards — Kamaru Usman. Bu qarama-qarshilikda yaqqol favorit yo'q. Usman sobiq chempion va kamarini qaytarib olish uchun qo'lidan kelganini qiladi. Ammo Edvards ham chempionlik unvonini munosib himoya qilishiga ishonaman.

Jastin Getji — Rafael Fiziev. Getji Fizievga qaraganda ancha tajribali va UFC reytingda ham Rafael Jastindan pastki o'rinni band qilib turibdi. Ammo jangchilarning so'nggi janglariga qarab xulosa qiladigan bo'lsak, Rafael Fiziev bu jangda favorit.


Jalol Inog'omxo'jaev

Edvards - Usman jangida Kamaru Usman Leon Edvardsga hech qanday imkoniyat qoldirmaydi.

Fiziev - Getji to'qnashuvida esa Jastin Getji ochkolar bo'yicha g'alaba qozonadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing