02 iyu 14:22
Yangiliklar
Velosport
Olga Zabelinskaya ayollar “Jiro”sida ishtirok etmoqda
Taniqli velosportchimiz Olga Zabelinskaya Italiyada o'tkazilayotgan ayollar o'rtasidagi “Jiro d’Italiya donne” ko'pkunlik velopoygasida qatnashmoqda.
Hamyurtimiz bugun ikkinchi bosqichda startga chiqadi.
Velopoyga olamida ayollar tasnifidagi eng nufuzli turnirlardan birida 140 nafarga yaqin eng kuchli poygachilar qatnashmoqda. Birinchi bosqich Villasimius va Tortali manzillari orasidagi 106.5 km masofada o'tkazildi. Murakkab yo'llardan iborat bosqichda Zabelinskaya 2 soat 39 daqiqa 41 soniya bilan 118-natijani qayd etdi.
Yurtdoshimiz musobaqada “Roland Cogeas Edelweiss Squad” jamoasi sharafini himoya qilmoqda. Bugun ikkinchi bosqich bellashuvlari o'tkazilib, unda ishtirokchilar Kala Ganone va Olbiya shaharlari orasidagi 113.4 km yo'lni bosib o'tishadi. Jami 10 bosqichdan iborat poygalarda hamyurtimizga omad tilaymiz.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar