29 sen 13:08
Yangiliklar
Velosport
Olga Zabelinskaya davlat mukofotini qabul qilib oldi
O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligi arafasida mahoratli velosportchimiz Olga Zabelinskaya "O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sportchi" faxriy unvoni bilan taqdirlangan edi.
Avstraliyada o'tgan jahon chempionatidan so'ng yurtimizga qaytib kelgan atletimiz bugun ushbu mukofotni qabul qilib oldi.
Faxriy unvonni O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi, O'zbekiston velosiped sporti federaciyasi rahbari Tanzila Norboeva topshirdi. Uchrashuv davomida Tanzila Kamalovna sportchimiz bilan uning yaqin kelajakdagi rejalari, mamlakatimizda velosport, xususan, xotin-qizlar sportini yanada rivojlantirish kabi mavzularda suhbatlashdi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar