So’nggi yangiliklar

22:18Емельяненко, Махачев ва бошқалар. Самбо бўйича Жаҳон чемпионати олдидан матбуот анжумани ташкил этилди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 19:49Сабирханга ўзбекистонлик нокаутчидан узоқроқ бўлиш тавсия этилди 0 17:29ММА афсонаси Фёдор Емельяненко ва амалдаги UFC чемпиони Ислам Махачев Тошкентга етиб келди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:36UFC Илия Топуриянинг қайтиш муддатини маълум қилди 0 16:05Ноябрь ойидаги ўртоқлик учрашларимизнинг бошланиш вақтлари маълум 0 15:34Байсангур Сусуркаев Дамиан Пинас билан жангини тасдиқлади 0 15:03Бобур Абдулазизов Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:32Дана Уайт Махачевнинг жангдан воз кечишининг сабабини айтди 0 14:01Суперлига. Бугун 27-турга старт берилади 0 13:30Дакар-2026 Олимпиадасида бугун 3 нафар ўзбекистонлик баҳсларга киришади 0 12:59Уайлдер қайтмоқда. У Фьюри - Жошуа жанги андеркардида рингга чиқади + ПОСТЕР 0 12:28Ҳумоюн Бегмуратов — Жаҳон чемпиони! 0 11:56Sofascore. Ҳусанов яна бир бор ҳимоядаги шериклари орасида энг яхшиси 0 11:25Богдан Гусков: "Уиттакер кўчадан келган болакай эмас!" 0 10:54Полина Кудерметова Chennai Open 1/4 финалига йўл олди 0

28 apr 08:49
Yangiliklar

Velosport

Olga Zabelinskaya: Endi Olimpiadaga tayyorlansam ham bo'ladi

Toshkent viloyati mezbonlik qilayotgan veloshosse bo'yicha Osiyo chempionatining navbatdagi kuni sportimiz uchun unutilmas sanalardan bo'ldi.

Zero, unda hamyurtimiz Olga Zabelinskaya uzoq masofaga o'tkazilgan poygada g'alaba qozonib, Tokio Olimpiadasiga ham yo'llanmaga ega chiqdi. Bu Zabelinskaya uchun musobaqa doirasidagi ikkinchi oltin medaldir. Etiboringizga Olga Zabelinskayaning MOQga bergan maxsus intervyusini havola qilamiz.

– Olga, navbatdagi Osiyo chempionligi va Olimpiada yo'llanmasi muborak bo'lsin. Taassurotlaringiz qanday?
– Taassurot, albatta, yaxshi. Axir Olimpiadaga yo'llanma oldim. Qolaversa, bu o'z yurtimda o'tayogan musobaqa. O'zbekiston Osiyo chempionatini birinchi marta qabul qilmoqda. SHunday ekan bunday g'alaba xalqimizga quvonch, yosh velosportchimiz uchun motivaciya beradi. Bu yutuqdan keyin ko'ingilni hotirjam qilib Olimpiadaga tayyorlansam ham bo'ladi. Bu faqat mening g'alabam emas. Unda butun jamoa ishladi: sheriklarim, mexaniklar, direktor va federaciya mutasaddilari. Barchalariga rahmat, deb qolaman.

– Olimpiadaga qaerda va qanday tayyorlanishni rejalashtirgansiz?
– Hali mavsum oldinda. Yil davomida ko'plab musobaqalarda ishtirok etmoqchiman. Albatta, bungacha taqvimga yana bir nazar tashlab, o'zim uchun kerakli musobaqalar ro'yxatini saralab olaman. Asosiy reja bajarildi. SHu bois biroz hordiq chiqarib olsam, yana mashg'ulotlarni davom ettiraman. Tayyorgarlik borasida aynan bir muqim joyni ayta olmayman. Negaki, turli mamlakatlarda yig'in va musobaqalarda bo'lib, jamoamiz bilan ishlab chiqadigan dasturimiz asosida tayyorlanamiz.

– Bugun raqibalaringiz sizga kutganingizdek raqobat tug'dira olishdimi?
– Deyarli shunday. Taxminan xuddi shunaqa raqobat bo'ladi, deb kutgan edim, yakunda ham shu sodir bo'ldi. Individual poygada biroz boshqacharoq vaziyat edi. Ammo bu safar kutganimdek raqobatga guvoh bo'ldim.

– Rahmat sizga, Olga. Keyingi startlaringizda ham g'alabalar yor bo'lsin.
– Rahmat.

Malumot uchun, tennischimiz Denis Istomin Osiyo o'yinlaridagi g'alabasidan keyin terma jamoamiz vakillari orasida birinchi bo'lib Tokio Olimpiadasiga yo'llanma olgan edi. Bu borada Olga Zabelinskaya ikkinchi bo'ldi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing