09 iyu 13:32
Yangiliklar
Velosport
Olga Zabelinskaya uch karra Osiyo chempioni, Yanina Kuskova esa kumush medalni qo'lga kiritdi!
Biroz oldin Qozog'istonning Olma-Ota shahrida velosportning shosse yo'nalishi bo'yicha kattalar va yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida ayollar Elita toifasida individual vaqt poygasi bo'lib o'tdi.
20 km masofaga kechgan bellashuvda O'zbekiston ayollar milliy terma jamoasi azolari Olga Zabelinskaya hamda Yanina Kuskova ishtirok etdi.
Quvonarlisi, poyga yakuniga ko'ra, Olga Zabelinskaya oltin, Yanina Kuskova esa kumush medalga ega chiqdi.
1. Olga Zabelinskaya (O'ZBEKISTON) - 28:07
2. Yanina Kuskova (O'ZBEKISTON) - 29:02
3. Rinata Sultanova (Qozog'iston) - 29:28.
Qayd etish joiz, bugungi ishtiroki orqali Olga Zabelinskaya veloshosseda uch karra Osiyo chempioniga aylanib olgan bo'lsa, Yanina Kuskova ikkinchi bor qita birinchiligi sovrindoriga aylandi.
SHu tariqa, delegaciyamizning Osiyo chempionatidagi medallari soni 5 taga etdi: 1 ta oltin, 4 ta kumush.
Havola :
Manba : velosport.uz
Fikrlar