09 apr 19:50
Yangiliklar
Olim Hikmatov: Karantinda bo'sh o'tirish yo'q!
Terma jamoa shifokor va murabbiylari o'z shogirdlarini masofadan turib nazorat qilib borishyapti. Erkin kurash bo'yicha terma jamoa bosh murabbiyi Olim Hikmatov bu jarayonni shaxsan o'zi nazorat qilib, sportchilarga tegilshi ko'rsatmalarni bermoqda.
"Hammamiz butun dunyoda bo'lgani kabi sinovli kunlardamiz. Hozirgi holatda koronavirusni engishning eng maqbul varianti o'z uyimizda qolish, zarurat bo'lmaganda ko'chaga chiqmaslikdir. Karantin holatida bo'lishimizga qaramay, uyda bo'sh o'tirish yo'q. Musobaqalardagi shogirdlarimizning ishtiroklarini muhokama qilyapmiz. Raqiblarni o'rganyapmiz va shu asosida tayyorgarlik mashg'ulotlari rejasini ishlab chiqyapmiz. Nasib qilsa, bu kunlar ham tez orada o'tib ketadi", - deydi Olim Hikmatov.
Fikrlar