30 iyu 12:23
Yangiliklar
Sport kurashlari
Olimpiada-2016 sovrindori doping sabab 4 yilga chetlatildi
Rio-de-Janeyroda o'tgan Olimpiada-2016 bronza medali sovrindorida doping aniqlandi.
Ayollar kurashi (erkin kurash) baxslarida bronza medalini qo'lga kiritgan shveciyalik Yenni Franssonning qon tarkibida taqiqlangan modda topilgan. Buning natijasida Yenni 4 yilga barcha sport faoliyatidan diskvalifikaciya qilindi.
SHu yilning fevral oyida Franssonning "B"doping-tahlilida anabolik steroid — metiltestosteron qoldiqlari aniqlangan. SHveciyalik 32 yoshli erkin kurashchi o'z aybini tan olgan. Yennining diskvalifikaciya muddati 2024 yilning 27 yanvar kuni yakunlanadi. Jahon va Evropa chempioni bo'lgan Fransson bu qaror yuzasidan appelyaciya beradi.
Havola :
Fikrlar