23 iyu 15:27
Yangiliklar
Sport kurashlari
Olimpiada-2016 sovrindori faoliyatini yakunladi
Endilikda erkin kurash bo'yicha Rossiya terma jamoasining sobiq azosi Aniuar Geduev faoliyatini yakunlaganini elon qildi.
Geduev Rio-2016 Olimpiadasining kumush medali sovrindori hisoblanadi.
"Sportchilik faoliyatimni yakunlashga qaror qildim. Umumiy olganda, gilamda o'tkazgan yillarimdan ko'nglim to'ldi. Etti yoshimdan beri gilamda kurashdim. O'z vaqtida ketishni ham bilish kerak. Rio Olimpiadasidan keyin musobaqalarda umuman ishtirok etmadim. Ayni paytda terma jamoada istedodli yoshlar juda ham ko'p. Ularga ham imkoniyat berish lozim. Men barcha kurashchilarimizga faqat omad tilayman", – dedi Geduev.
Malumot uchun, 33 yoshli Aniuar Geduev jahon chempionatining bronza (2015), ikki karra Evropa chempioni (2013, 2014), Evropa o'yinlari-2015 g'olibi hisoblanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar