17 fev 10:44
Yangiliklar
Olimpiada-2018. 22 yoshli snoubordchi supergigant musobaqasida chempion bo'ldi
Bundan bir necha daqiqa avval yakunlangan musobaqada chexiyalik 22 yoshli Ester Ledecka tarixiy g'alabani qo'lga kiritdi. U belgilangan masofani 1 daqiqayu 21,11 soniyada bosib o'tdi. Ester kumush medalga ega chiqqan avstriyalik Anna Faytni 0,01 soniyaga ortda qoldirdi. Lixtenshteyn vakilasi Tina Vayrater (+0,11) bronza medaliga sazovor bo'ldi.
Etiborlisi, Ledecka snoubord musobaqalaridagi ishtiroki bilan tanilgan. Uning supergigant bahslarida Olimpiada chempioni bo'lishi keng sport jamoatchiligi tomonidan haqiqiy sensaciya sifatida qabul qilindi. Kumush medal sohibasi Fayt esa Sochi-2014 Olimpiadasida chempion bo'lgan edi. Afsonaviy Lindsi Vonn 6-o'rin bilan kifoyalandi.
Tog' chang'i sporti. Ayollar. Supergigant
1. Ester Ledecka (CHexiya) — 1.21,11
2. Anna Fayt (Avstriya) +0,01
3. Tina Vayrater (Lixtenshteyn) +0,11
4. Lara Gut (SHveycariya) +0,12
5. Joanna SHnarf (Italiya) +0,16
6. Federika Brinone (Italiya) +0,38
6. Lindsi Vonn (AQSH) +0,38
8. Korneliya Xyutter (Avstriya) +0,43
9. Mishel Gizin (SHveycariya) +0,46
10. Viktoriya Rebensburg (Germaniya) +0,51.
Fikrlar