18 fev 07:54
Yangiliklar
Olimpiya o'yinlari, Qishki sport turlari
Olimpiada-2018. Kechagi kunning so'nggi medali Kamil Stoxda
Janubiy Koreyaning Pxyonchxan shahri mezbonlik qilayotgan Qishki Olimpiya o'yinlarining navbatdagi kungi bahslari davom etmoqda.
Kecha katta tramplindan sakrash bo'yicha o'tkazilgan musobaqada Olimpiada medallari o'ynaldi. Unda polshalik Kamil Stox eng yaxshi natija bilan qishki olimpiya o'yinlari chempioni bo'ldi. Germaniyalik Andreas Vellinger kumush, norvegiyalik Robert Yuxansson bronza medali bilan taqdirlandi.
Olimpiada-2018. Pxyonchxan, Janubiy Koreya
Tramplindan sakrash. Erkaklar. HS140
1. Kamil Stox (Polsha) – 285,7 (135,0 m + 136,5 m)
2. Andreas Vellinger (Germaniya) – 282,3 (135,5+142,0)
3. Robert Yuxansson (Norvegiya) – 275,3 (137,5+134,5)
4. Daniel Andre Tande (Norvegiya) – 273,1 (131,0+138,5)
5. Yuxan Andre Forfang (Norvegiya) – 271,6 (133,0+134,5)
6. Mixael Xaybek (Avstriya) – 267,7 (140,0+131,0)...
Havola :
Fikrlar