So’nggi yangiliklar

17:58"Фьюри реваншда Усикни мағлуб этади" - собиқ чемпион 0 17:34Фигерейду Ян билан жанги учун ўз тахминини айтди 0 17:07Жейк Пол нима учун Тайсон билан жанги ўзига ёқмаганини айтди 0 16:41"Манчестер Сити" Холандга янги шартнома таклиф қилмоқчи 0 16:20Шахмат ва парашахмат бўйича “ҳоким кубоги” 0 15:59Россиялик блогер Баҳодир Жалоловнинг навбатдаги рақиби ҳақида: "Мешок"ларнинг камдан-кам учрайдигани рақиб қилиб олинди" 0 15:38Волейболчи талаба-қизлар ғолиблик учун беллашди 0 15:17Хакими ПСЖ билан шартномасини узайтирди 0 14:56Муҳаммад Мокаевнинг Brave CF'даги илк рақиби маълум 0 14:35Ҳасанбой Дўсматов Лос-Анжелес-2028даги иштироки ҳақида: "Бир нарса дейиш қийин" 0 14:14Қозоғистон терма жамоасининг Осиё чемпионати учун таркиби эълон қилинди 0 13:53Суперлига. Чемпион Фарғонада меҳмон! 0 13:32Ҳамюртимиз ONE FC турнирининг марказий жангида иштирок этади (+тўлиқ кард) 0 13:11Ҳумоюн Султонов Калабурагида 1/2 финал иштирокчисига айланди 0 12:50Бугун 5 нафар аралаш яккакурашчимиз Octagon 66 турнирида жанг қилади 0

10 fev 15:46
Yangiliklar

Olimpiya o'yinlari, Qishki sport turlari, Qiziqarli!

Olimpiada-2018. O'yinlar qanday inshootlarda o'tkazilmoqda?

Kecha Janubiy Koreyaning Pyongchang shahrida XXIII qishki Olimpiya o'yinlari start oldi.

Ushbu nufuzli turnir qanday ishootlarda o'tkaziladi? Bugun shu haqida malumotlarni etiboringizga taqdim etamiz.


Olimpiada-2018 inshootlari

Pyongchangdagi Olimpiada inshootlarining bir-biriga yaqin va qulay joylashuvi Xalqaro olimpiya qo'mitasining musobaqani aynan ushbu shaharga ishonib topshirilishida muhim ahamiyat kasb etgan. Arenalarga borish uchun sportchilar uzog'i bilan 30 daqiqa vaqt sarflaydilar.

Olimpiada ishtirokchilari Alpensiya, Yongpyong, Feniks-park tog' kurortlariga va Kannin shaharchasiga joylashtiriladi. Musobaqalarni o'tkazish markazlari sifatida Alpensiya (tog' klasteri) va Kannin tanlangan.

Tog' klasterida tog' chang'isi, biatlon, bobsley, chana sporti va skeleton musobaqalari tashkil qilinadi. Olimpiya stadioni ham shu erning o'zida joylashgan. Bu erda 2018 yilgi Olimpiadaning ochilish hamda yopilish marosimlari o'tkaziladi.Kannin shaharchasida xokkey, konkida yugurish, short-trek, figurali uchish va kyorling musobaqalari bo'yicha bellashuvlar bo'ladi. 


Pyongchang Olimpiya stadioni

Olimpiya va Paralimpiya o'yinlarini o'tkazish uchun qurilgan arena. Alpensiya tog' kurorti shimolidan 2km uzoqlikda joylashgan.

2017 yilda qurib, foydalanishga topshirilgan. O'tgan yilning 30 sentyabr kuni rasman ochilgan. Mazkur inshoot qurilishi uchun 78 million AQSH dollari sarflangan. Stadion 35 ming muxlisga mo'ljallangan bo'lib, beshburchak shaklida qurilgan.




"Alpesiya" biatlon markazi

Ushbu biatlon markazi Alpensiya tog' kurorti chegarasida qad rostlagan. Pyongchang-2018 o'yinlarida biatlon bo'yicha bahslarga mezbonlik qiladi.

1998 yilda qurilgan. 2007 va 2015 yillarda qayta rekonstrukciya qilingan. 2007/2008 va 2016/2017 yillarda ushbu arenada jaxon kubogi bosqichlari o'tkazilgan. 2009 yilda esa markaz biatlon bo'icha jahon chempionatini qabul qilgan.




"Kannin Oval"

Kannin shahridagi konkida yugurish sport turiga mo'ljallangan yopiq stadion. Pyongchang-2018 o'yinlari davomida konkida yugurish bo'yicha o'tkaziladigan musobaqalarni qabul qiladi. Stadionda oval shaklidagi 400 metrli ikkita yugurish yo'lakchasi mavjud.


8000 muxlisni o'z bag'riga sig'dira oladi. Inshootning taxminiy narxi 36,8million dollarga baxolangan. Stadion qurilishi 2014 yilda boshlanib, 2017 yil yanvar oyida yakunlangan. 2017 yilning fevral oyida “Kannin Oval”da konkida yugurish bo'yicha jahon chempionati o'tkazilgan.



"Alpensiya chang'i markazi

Bu erda Olimpiya o'yinlarining chang'i poygalari va chang'idagi ikkikurash musobaqalarini o'tkaziladi.


Obekt 1998 yilda qurib bitkazilgan. 2009 yilda qayta rekonstrukciya qilingan. Majmua 2017 yilgi jahon kubogi musobaqalarini o'zida qabul qilgan.



“Kannin muz saroyi”

Mazkur inshootda olimpiadaning figurali uchish va short-trek musobaqalari o'tkaziladi. Rasmiy ochilish marosimi 2016 yilning 14 dekabr kuni o'tkazilgan.


Muz saroyining qad rostlashi uchun ishlatilgan sarf-harajatlar 85million AQSH dollarini tashkil qiladi. Bu erda 12 ming muxlis bahslarni bevosita kuzatishi mumkin.

Olimpiya o'yinlarigacha bu erda 2017 yilgi figurali uchish bo'yicha Koreya chempionati, shuningdek, “To'rt qita kubogi” bahslari, short-trek bo'yicha 2017 yilgi jahon kubogi bosqichi o'tkazilgan.



"Alpensiya bobsley markazi

Ushbu majmuada bobsley, chana poygalari va skeleton musobaqalari o'tkaziladi. Markazning qurilishi 2013 yil dekabr oyida boshlangan va 2017 yil yakunida bitirildi. Tribunalarga 7000 muxlis joylashishi mumkin. Mazkur inshoot qurilishiga 122 million dollar ajratilgan.

Trassaning uzunligi 2018 metrni tashkil qiladi. Start chizig'i 940 metr, finish esa 800 metr balandlikda joylashgan.



"Alpensiya tramplindan sakrash kompleksi”

Ushbu inshootda tramplindan sakrash, snoubord, shuningdek, chang'ida sakrash bo'yicha ikkikurash bahslari bo'ladi. Majmuaning rasmiy ochilish marosimi 2008 yilda bo'lib o'tgan. 2015 yilning aprel oyida Olimpiya o'yinlari talablari asosida qayta rekonstrukciya qilindi. 13500 muxlisga mo'ljallangan.

Komleks K-98 xamda K-125 tramplinlarini o'z ichiga olgan. Olimpiya o'yinlari yakunlangach, bu inshootdan milliy mashg'ulot markazi sifatida foydalanish ko'zda tutilgan.



"Bokvang ekstrim parki

Markaz Bongpen-men tog'-chang'i kurortida joylashgan. Bu erda ko'plab tog' chang'isi trassalari hamda maxsus qishki ekstrim sport turlari uchun maydonlar bor.


Pyongchang-2018 o'yinlarida fristayl va snoubord musobaqalari shu erda bo'ladi. Olimpiada davomida bu erdagi bahslarni bevosita 18000 muxlis kuzata olishi mumkin.



“Kannin xokkey markazi”

Kannin shahrida joylashgan muz arenasi. Olimpiya o'yinlari vaqtida bu inshoot xokkey musobaqalarining asosiy mezboni bo'ladi. SHuningdek, ushbu arenada slej-xokkey o'yinlari xam o'tkaziladi.

Arena qurilishi 2014 yilning mart oyida boshlangan. Rasmiy ochilish marosimi esa 2017 yili mart oyida bo'lib o'tgan. Inshoot qurilishi tashkilotchilar uchun 90 million AQSH dollariga tushgan. O'z bag'riga 10000 muxlisni sig'dira oladi.



“Kvandon universiteti sport arenasi”

Bu er ham “Kannin xokkey markazi” kabi Olimpiya o'yinlarining xokkey bahslariga mezbonlik qiladi. Arenaning qurilish ishlari 2014-2017 yillar davomida bo'lgan.


Sig'imi 6000 muxlisga mo'ljallangan.



Kannin kyorling markazi

Bu er Olimpiya o'yinlari vaqtida yopiq inshootga aylantiriladi va kyorling bahslariga mezbonlik qiladi. Ushbu markaz 1999 yilgi Osiyo o'yinlarini ham qabul qilgan. Undan tashqari 2005 va 2011 yillarda figurali uchish bo'yicha bir qator xalqaro musobaqalar xam aynan mana shu inshootda o'tkazilgan.


Qolaversa, 2007 yil short-trek, 2009 yilda esa kyorling bo'yicha jahon chempionati ham aynan shu erda bo'lib o'tgan. Arena qurilishi 1998 yilda boshlanib, o'sha yilning o'zidayoq yakunlangan. 3500 muxlisga mo'ljallangan.



Yongpyong chang'i markazi

Janubiy Koreyadagi eng mashhur tog' kurortlaridan biri. Ushbu inshoot dengiz sathidan 700 va 1458 metr oraliq balandlikda joylashgan. Majmuada ikki balandlikdan tushib kelinadi: “Gold Peak” (1127 m) va “Dragon Peak” (1458 m).

Olimpiada davomida Yongpyong trassalarida slalom va gigant slalom musobaqalari o'tkaziladi. Muxlislar sig'imi 12000 ni tashkil etadi.

Yongpyong chang'i markazi 1998, 2000 va 2003 yillarda jaxon kubogi bahslariga mezbonlik qilgan.



CHonson chang'i markazi

Garivang tog'ida joylashgan. Rasmiy ochilish marosimi 2016 yilning 22 yanvarida bo'lgan. 2018 yilgi Olimpiya o'yinlari davomida ushbu markaz tog' chang'isining tezkor tushish, “super-G”o'yinlarini qabul qiladi.


Tezkor tushish musobaqalarida ayollar  uchun trassa 2499, erkaklar uchun esa 2852 metrni tashkil qiladi. “Super-G”da esa ayollar uchun 1982, erkaklarga esa 2217 metr uzunlikdagi trassalar mo'ljallangan. Muxlislar uchun 6500ta joy ajratilgan.



Aziz TO'XTAMURODOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing