17 fev 11:23
Yangiliklar
Olimpiya o'yinlari, Qishki sport turlari
Olimpiada-2018. Xanyu ikki karra Olimpiada chempioni, Misha 17-o'rinni egalladi
Yaponiyalik sportchi Yudzuru Xanyu Qishki Olimpiadaning figurali uchish bahslarida chempionlik shoxsupasiga ko'tarildi.
Bu bilan yaponiyalik sportchi ikki karra Olimpiada chempioniga aylandi. Ikkinchi o'rinni Xanyuning hamyurti Soma Uno egalladi. Olimpiadaning bronza medali ispaniyalik Xaver Fernandesga nasib etdi. Hamyurtimiz Misha Ge 30 nafar ishtirokchi orasida 17-o'rin bilan kifoyalandi.
Figurali uchish. Erkaklar.
1. Yudzuru Xanyu (Yaponiya) — 317,85
2. Soma Uno (Yaponiya) — 306,90
3. Xaver Fernandes (Ispaniya) — 305,24
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar