So’nggi yangiliklar

19:10"Жангимиз тарихдаги энг буюк тўқнашувлардан бири бўлади". Дэвид Бенавидес Усик билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 18:29Хамзат Чимаев қачон UFC октагонига қайтишини айтди 0 17:52"Бавария" Компанига нисбатан ғалати қоида жорий қилди 0 17:01"Худди биринчи чемпионлик камаримни қўлга киритгандек бўлдим". Альварес WBC’нинг иккинчи ўрта вазн чемпиони бўлгани ҳақида 0 16:14Арман Царукян Александр Волкановски билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 15:30Камару Усман Ислам Махачевнинг жангдан бош тортиши бўйича қарорини қўллаб-қувватлади 0 14:59Элит ОЧЛ. "Пахтакор" уйда, "Нефтчи" меҳмонда ўйнайди 0 14:45Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги рақиби аниқ бўлди 0 14:28Конор Макгрегор: "Ҳатто ҳаракат қилмасдан ҳам ҳаммадан устунман!" 0 13:57Хамзат Чимаев бир ўлиб тирилган яккакураш устасига қарши жанг қилади + ПОСТЕР 0 13:26UFC 335: Оливейра — Лопез турнири учун расмий постер эълон қилинди + ФОТО 0 12:55Беҳруз Каримов иштирок этган ўйинда “Лугано” стадионида тарихий натижа қайд этилди 0 12:24Бектемирга "хўп" деган Мунгиа Зонга қарши ўтказган жанги ҳақида гапирди 0 11:43IV Ёзги Ёшлар Олимпиадасида дзюдо баҳслари старт олди 0 11:18Пратеснинг мураббийи Махачев Карлос билан жанг қилишдан нега воз кечганини тахмин қилди 0

17 dek 16:52
Yangiliklar

Dzyudo

Olimpiada chempioni Ilias Iliadis O'zbekiston dzyudo federaciyasi bilan shartnoma imzoladi

Teglar :  DzyudoIliadis
Afina-2004 Olimpiya o'yinlari g'olibi, jahonning uch karra chempioni, greciyalik Ilias Iliadis bugun O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida mamlakat dzyudo federaciyasi bilan shartnoma imzoladi.

O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasida o'tkazilgan ushbu tadbirda MOQ prezidenti Rustam SHoabdurahmonov, MOQ vice-prezidenti, O'zbekiston dzyudo federaciyasi raisi Azizjon Kamilov, MOQ vice-prezidenti, O'zbekiston boks federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari Saken Polatov, federaciya murabbiylar shtabi va OAV xodimlari ishtirok etdi. 

“Tokio Olimpiadasiga tayyorgarlik yo'lida MOQda yangi rahbariyat shakllandi. Bu rahbariyat oldiga ulkan vazifalar qo'yilgan bo'lib, har birimiz zimmamizda turgan masuliyatni his qilib turibmiz. Barcha federaciyalar, murabbiylar bir yoqadan bosh chiqarib ishlasak, marraga eta olamiz”, - dedi Rustam SHoabdurahmonov. 

O'z navbatida Azizjon Kamilov ham terma jamoa oldiga qo'yilgan vazifalar haqida gapirib o'tdi. 

“O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi bizni qo'llab-quvvatlayotani uchun minnatdorchilik bildirib qolaman. Ochig'i, Ilias Iliadis nomzodi ham to'satdan paydo bo'ldi. Yaponiya va Evropadan mutaxassis izlab yurganimizda Iliadisning eski shartnomasi yakuniga etib borayotgani haqida eshitdik. Fursatni qo'ldan boy bermay o'zaro kelishuvga erisha oldik. Oldimizda vaqt tobora kam qolmoqda. Biz bor imkoniyatimizni ishga solib, maksimum natija ko'rsatishga harakat qilamiz”, - dedi Azizjon Kamilov. 

SHundan so'ng O'zbekiston dzyudo federaciyasi va greciyalik Ilias Iliadis o'rtasida 2020 yilning oktyabriga qadar mo'ljallangan shartnomaga imzo qo'yildi. 

Bugun Iliadis boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi o'quv-mashg'ulot yig'inini olib borish uchun Gruziyaga jo'nab ketadi. 29 dekabrga qadar mo'ljallangan mazkur yig'in dzyudochilarimizning jismoniy tayyorgarligini oshirishga qaratilgan.

Malumot uchun, Ilias Iliadis 1986 yil 10 noyabr kuni tavallud topgan. 17 yoshidayoq Afina-2004 Olimpiadasi chempionligini qo'lga kiritgan, London Olimpiadasi sovrindori va 3 karra jahon chempioni hisoblanadi.

Reyting: +1   

Fikrlar

   
18 dek 00:18:47
Sherzod Akbarov SherZone
Куриниши худди узбекку ))
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing