10 okt 08:49
Yangiliklar
Dzyudo
Olimpiada chempioni surxondaryolik dzyudochilar bilan uchrashdi + FOTO
Boks bo'yicha Tokio Olimpiadasi chempioni Bahodir Jalolov Termiz shahrida surxondaryolik dzyudochilar bilan uchrashdi va suhbatlashdi.
Kichik tadbirda O'zbekiston dzyudo federaciyasi raisi o'rinbosari Bekzod To'raboev, murabbiylik faoliyatini boshlagan SHarofiddin Lutfullaev, terma jamoamiz azosi Hikmatullh To'raev, kuni kecha Urganchda o'tkazilgan O'zbekiston Kubogi sohibi Aqlmurod Xudoyberdiev, murabbiy Azamjon Azamov va yosh dzyudochilar ishtirok etdi.
Bahodir Jalolov yosh dzyudochilarga xalqaro tajribasidan kelib chiqib o'z maslahatini berdi. G'alabaga olib boruvchi yo'l mashaqqatli ekani, bunga bardosh berganlargina cho'qqiga chiqa olishini alohida urg'uladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar