27 sen 09:45
Yangiliklar

Olimpiada chempioniga Dirty Boxing 4 turnirining asosiy jangi ishonib topshirildi + POSTER
Stivsonning amerikalik 31 yoshli Bill Svonsonga qarshi jangi 30 oktyabr kuni AQSHning Neshvill shahrida tashkil etiladigan Dirty Boxing 4 turniri doirasida bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, Stivson 12 sentyabr kuni LFA 217 turnirida Brayden Pitersonni birinchi raunddayoq nokautga uchratib, aralash yakkakurashlarda muvaffaqiyatli debyut qilgandi. Endi esa Dirty Boxing shousida gibrid qoidalari bo'yicha jang o'tkazadi. Unda nafaqat yopiq qo'lqop bilan, balki kaftlar va tirsak bilan ham zarba berish mumkin. Yiqilgan raqibni urishga ham ruxsat beriladi, lekin bunda oyoqda turish kerak.
Stivson ushbu turnir ishtirokchilari qatoriga, katta ehtimol bilan, promoushen sopromouteri, yani hammuallifi, shuningdek, do'sti va murabbiy bo'lgan sobiq UFC chempioni Jon Jons tufayli kirdi.
Uning raqibi Bill Svonson so'nggi yillarda PFL va Bellator ligalarida muvaffaqiyatsizlikka uchragan. So'nggi qo'lqopsiz janglarida o'tkazib, u erda ham mag'lub bo'lgandi.
Fikrlar