30 iyu 18:15
Yangiliklar
Olimpiada g'olibi Diyora Keldiyorova: "Bu medalimni rahmatli buvimga bag'ishlayman"
"Hayotimdagi eng unutilmas, baxti kunlarimdan biri. Bu medalimni rahmatli buvimga bag'ishlayman. 6 yoshimda dzyudoni sevib qolishimga sababchi bo'lib, meni shu darajaga etkazganlari uchun. Men buvim bilan yashab, katta bo'lganman va hayotimdagi eng muhim darslarni aynan undan o'rgandim. Bazida undan menga nisbatan juda qattiqqo'l va talabchan bo'lgani uchun juda ham xafa bo'lar edim! SHuni angladimki, men uchun eng to'g'risini ular qilgan ekanlar. Xozir oramizda yo'q, lekin bilaman, har doim kuzatib, men bilan faxrlanib turibdilar. Olimpiada chempionligi juda ham uzoq va qiyin yo'l edi. Men buni ota-onam, bobom-buvilarim, turmush o'rtog'im, oyijon va dadajonimni ko'magi bilan uddaladim! Duo qilib, menga ishongan butun xalqimizga tashakkur bildiraman", deb yozdi Diyora Keldiyorova.
Fikrlar