28 iyu 23:36
Yangiliklar
Dzyudo, Parij-2024
Olimpiada g'olibi Diyora Keldiyorova: "Kuchlilarni yutmagunimcha, kuchli bo'la olmasligimni yaxshi tushunib turgan edim"
O'zbekistonlik dzyudochi Diyora Keldiyorova (52 kg) Parij Olimpiadasi g'olibiga aylanganidan so'ng fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Bu musobaqaga uzoq muddat tayyorlandik. Har bir raqibim kuchli bo'lishini bilgan edim. Kuchlilarni yutmagunimcha, kuchli bo'la olmasligimni yaxshi tushunib turgan edim. Albatta, ortimda butun O'zbek xalqi, o'zbekistonlik ayol dzyudochilar turganini his qildim. Fursatdan foydalanib, muhtaram Prezidentimizga O'zbekistonda ayollar sportiga qaratilayotgan etibor yuzasidan cheksik minnatdorchilik bildiraman. CHet ellik sportchilar ham bizga yaratilgan sharoitlarga havas qiladi. O'ylayman-ki, mana shunday etibor bugungi Olimpiada g'olibligining mevasi bo'ldi", deya Parij-2024 rasmiy matbuot anjumanida o'z fikrlarini bildirdi Keldiyorova.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar