26 mar 14:30
Yangiliklar
Olimpiada hamda uch karra jahon chempioni 53 yoshida vafot etdi
“Men bu yangilikni eshitib juda xafa bo'ldim. Biz Seul, Barselona va Atlanta Olimpiadalarida Yaponiya sharafini birgalikda himoya qilganmiz. U o'z davrining buyuk sportchisi, dzyudoga esa cheksiz muhabbati bor edi”, - deydi Tokio-2020 Olimpiadasi tashkiliy qo'mitasi prezidenti Seiko Hashimoto o'zining sobiq jamoadoshini xotirlab.
Koga 1992 yil dunyoda 71 kg vazn toifasida oltin medal uchun asosiy da`vogar edi. Lekin u Barselona Olimpiadasidan oldin tayyorgarlik jarayonida tizzasidan jarohat oldi. Toshihiko qisqa fursat ichida jarohatini engibgina qolmay, Barselona Olimpiadasi g'olibiga ham aylandi. U oltin medal uchun kechgan bellashuvda vengriyalik Bartalan Hajtosni mag'lub etgandi.
Hoshimoto shuni ham qo'shib qo'ydi: “U g'alaba qozongan paytni eslayman. Kogo menga jarohatga qaramay oltin medal yutmoqchi ekanligini aytgandi. Men uning kuchiga qoyil qolganman”.
Koga Barselona Olimpiadasidan so'ng tanaffus oldi. Ammo, Atlantadagi "100 O'yinlarda" yana sportga qaytib, -78 kg vazn toifasida kumush medalni qo'lga kiritdi.
Malumot uchun, Koga -71 va -78 kg vazn toifalarida uch karra jahon chempioni hisoblanadi.
Fikrlar