29 iyu 14:29
Yangiliklar
Olimpiada licenzianti Javrail SHapiev Kaspiyskdagi turnirda finalga chiqdi
Ali Aliev xotirasiga bag'ishlab o'tkazilayotgan musobaqa o'z tarixida 54-marotaba tashkil etilyapti. Turnirda erkin kurash bo'yicha terma jamoamiz azosi, Parij-2024 Olimpiadasi licenzianti Javrail SHapiev ham muvaffaqiyatli odimlamoqda.
86 kg vazn toifasidagi bellashuvlarda qatnashayotgan SHapiev 1/2 finalda chechenistonlik Abdulla Cacaevni 10:7 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Bugun u oltin medal uchun dog'istonlik Muhammad-Tohir Xanievga qarshi gilamga chiqadi.
28-30 iyun, Kaspiysk. Final juftliklari
57 kg. Azamat Tuskaev (Serbiya) — Musa Mextixanov (Dog'iston)
65 kg. Nachin Kuular (Qozog'iston) — Ali Ragimzade (Ozarbayjon)
74 kg. Aznaur Tavaev (Dog'iston) — Magomet Kardanov (Moskva)
86 kg. Muhammad-Tohir Xaniev (Dog'iston) — Javrail SHapiev (O'zbekiston)
97 kg. Gadjimagomed Tajudinov (Dog'iston) — Aslan Abakarov (Ozarbayjon)
Fikrlar