So’nggi yangiliklar

13:24Ўзбекистон терма жамоаси бугун Хитой билан ўйнайди 0 12:59UFC собиқ чемпиони Шон-шуҳрат залига киритилди 0 12:36Боксчиларимиз RCC Гран-присида қандай натижалар қайд этишди? 0 12:00Тошкентда Осиё Олимпия кенгашига янги президент сайланди 0 11:33Ўзбекистон U-23 терма жамоасининг 2 нафар футболчиси мавсумни Тошкент клубида бошлайди 0 11:12"Юзингга қара, пасткаш". Гэтжи жангдан кейин Пимблеттга нима деганини айтди 0 10:40Порье Гэтжининг ғалабасига муносабат билдирди 0 10:18Умар Нурмагомедов: "Спарринг шерикларим Фигейредудан кўра қийинроқ бўлганди" 0 09:42Бернарду Силва "Барселона"га ўтмоқчи, аммо каталонияликлар иккиланишмоқда 0 09:15Пимблетт Гэтжи билан жангдаги ҳакамликка муносабат билдирди 0 08:39Australian Open. Даниил Медведев ўз юришини тўхтатди 0 08:12Жастин Гэтжининг UFC'да олган бонуслари миқдори 1 миллион доллардан ошди 0 07:30"Актобе" Португалия терма жамоаси афсонаси Луиш Нани билан шартнома имзолади 0 19:14Хаби Алонсо "Ливерпуль" билан музокаралар олиб бормоқда, Слотнинг курсиси қимирлаб қолди 0 18:53Дана Уайт Царукян Оқ уйдаги турнирда жанг қилиши эҳтимоли ҳақида гапирди 0

13 iyu 15:51
Yangiliklar

Sport kurashlari

Olimpiada licenzianti Rustam Assakalovni tabriklaymiz!

Bugun tajribali yunon-rum kurashchimiz, ikki karra jahon chempionati sovrindori, Osiyo chempioni, Osiyo o'yinlari g'olibi va kumush medali sohibi, Tokio Olimpiadasi licenzianti Rustam Assakalov o'z tavallud ayyomini nishonlayapti.

Rustam Assakalov 1984 yil 13 iyul kuni dunyoga kelgan. Xalqaro toifadagi sport ustasi. "Dinamo" klubi azosi. Murabbiylari - Vladimir Xolodaev, Kamil Fatkullin, Ravshan Ro'ziqulov. 

Assakalov 2015 yil AQSHning Las-Vegas, 2019 yilda Qozog'istonning Nur-Sultan shahrida o'tkazilgan jahon chempionatlarining mos ravishda kumush va bronza medallari sohibi hisoblanadi. U 2014 yilgi Incheondagi Osiyo o'yinlarida chempionlik shoxsupasiga ko'tarilgan. 2018 yil Jakartada o'tgan Osiyo o'yinlarida kumush medal bilan taqdirlangan. 

Bugungi kun qahramoni 2013 yil Nyu-Deli, 2015 yilda Doha shahri mezbonlik qilgan Osiyo chempionatida barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, oltin medalni qo'lga kiritgan. U shuningdek, Osiyo chempionatlarining ikki karra kumush hamda bronza medallariga ham ega chiqqan. 2017 yil Bokudagi Islom Birdamlik o'yinlarining bronza medaliga sazovor bo'lgan. 2019 yil Qozog'istonda o'tgan jahon chempionatida Tokio Olimpiadasi yo'llanmasini naqd qilgan.

Fursatdan foydalanib, Rustam Assakalovni O'zbekiston sport kurashlari associaciyasi rahbariyati, murabbiylar shtabi, kurashchilar hamda saytimiz muxlislari nomidan bugungi tavallud kuni bilan muborakbod etamiz. Olimpiadada g'alaba va omad yor bo'lsin! 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing