29 apr 14:45
Yangiliklar
Olimpiada qatnashchisi bo'lgan Kenjaev ITTF Challenge Open-2017 turnirida
Bu haqda Xusan Nasrullaev xabar bermoqda. Dunyoning 250 nafar sportchisi qatnashayotgan mazkur nufuzli musobaqalar Olimpiya o'yinlariga reyting ochkosini taqdim etuvchi turnir xisoblanadi.
XXXI yozgi Olimpiya
o'yinlari ishtirokchisi bo'lgan Zohid Kenjaev Sloveniyada bo'lib o'tayotgan turnirning
guruh baxslarida franciyalik Ruiz Romenni 4:0, sloveniyalik Novak Tilenni 4:3 hisobida
mag'lub etib, asosiy davraga chiqdi.
Asosiy davra
bahslarida esa Xitoy Taypeyi vakili Li CHia-SHengni 4:2 hisobida engdi. Franciyalik
Brossier Benjaminga esa 3:4 hisobida yutqazgan bo'lsa-da, keyingi bosqich
yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Malumot uchun, Li
CHia-SHeng Jahon kubogi sovrindori hisoblanadi. Bu natijasi bilan Kenjaev kuchli
32talikka kirdi. Olga Kim esa guruh bahslarida germaniyalik Van Yuanga 1:4
hisobida imkoniyatni boy berdi. Bolgariyalik Ellisa Zamfirovadan 4:2 hisobida
ustun keldi.
Fikrlar