So’nggi yangiliklar

19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0 12:01Субханкулов ва Круз IBF камари учун жанг қилади 0 11:07Карлос Пратес: "Махачевга икки баробар кучлироқ зарба бераман, сабоқ олсин" 0 10:36Жон Маккарти Мойкано - Нолан жангидаги ҳакамнинг ҳаракатларига баҳо берди 0 10:05Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0

08 mar 08:53
Yangiliklar

Sport kurashlari

Olimpiada yo'llanmasini qo'lga kiritgan Hasanboy Rahimovning dopingi yuzasidan rasmiy bayonot berildi

Matbuotda erkin kurash bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azosi Hasanboy Rahimovda doping aniqlangani haqida xabarlar tarqaldi.

Xususan, O'zbekiston sport kurashlari associaciyasiga Birlashgan sport dunyosi United World Wrestling (UWW) federaciyasidan ham rasmiy maktub kelib tushgan. Maktub mazmunida UWW Mustaqil antidoping tashkiloti (ITA) taxlillariga asoslangan holda Hasanboy Rahimovda doping aniqlanganini aytilgan.    

Xabarda bayon qilinishicha, Hasanboy Rahimovdan o'tgan yili Qozog'istonning Nur-Sulton shahrida o'tkazilgan sport kurashlari bo'yicha kattalar o'rtasidagi Jahon chempionati chog'ida olingan doping-taxlil ijobiy natija bergan. Tekshiruv Germaniyaning Drezden shahridagi laboratoriyada o'tkazilgan. Rahimovning qon tarkibida taqiqlangan klomifen (S4 toifa. gormonlar va modulyatorlar, metabolizm/klomifen) moddasi borligi aniqlangan. 

Aynan Nur-Sultondagi jahon chempionatida Hasanboy Rahimov 125 kg vazn toifasida bronza medalini qo'lga kiritish barobarida Tokio-2020 Olimpiadasi licenziyasini ham rasmiylashtirgan edi. 

O'zbekiston sport kurashlari associaciyasi shuni malum qiladi-ki, Hasanboy Rahimov sog'lig'ida yuzaga kelgan muammo sabab shifokor tavsiyasiga ko'ra dori vositasi qabul qilgan. Ammo, bu vosita tarkibida taqiqlangan klomifen moddasi borligini bilmagan. Sportchi o'sha paytda sog'lig'ini birinchi o'ringa qo'ygani uchun biroz extiyotsizlik qilgan. 

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing