12 avg 17:44
Yangiliklar
Boks/MMA
"Olimpiadada Bahodirga noqulaylik tug'dirgan raqiblarni ko'rmadim" - xorijiy murabbiy
Dmitriy Bivolning murabbiyi Gennadiy Mashyanov Bahodir Jalolovning Olimpiadadagi g'alabasi haqida fikr bildirdi.
"Bu Olimpiadada Jalolovga xech kim qarshilik ko'rsata olmadi. U raqiblaridan mahorat bobida yuqori darajada turadi. Olimpiadadagi janglarda Bahodirga noqulaylik tug'dirgan raqiblarni ko'rmadim.
U barchasini xotirjam hal qildi. Agar u etiborini profiga qaratsa, jahon chempioni bo'lishga uzoq vaqt ketmaydi. U 2020 yilgi Olimpiadadan so'ng profiga ketishi rejalashtirilgandi. Agar shunday bo'lganda u hozir superog'ir vaznning etakchilaridan biri bo'lardi. Lekin u vatani oldidagi vazifasini bajarib, yana bir oltin medalni taqdim etdi", - dedi murabbiy.
Havola :
Manba : Metaratings
Fikrlar