27 apr 16:16
Yangiliklar
Boks/MMA

Olimpiya kelajagi. Boks bo'yicha musobaqalar boshlandi
Bugun Milliy olimpiya qo'mitasi tomonidan asos solingan Olimpiya kelajagi musobaqasida boks bo'yicha bahslar start oldi.
Bellashuvlarning dastlabkisiga Namangan shahri mezbonlik qilmoqda. «A» guruhida Namangan, Farg'ona, Andijon va Toshkent viloyati sportchilari final bosqichi yo'llanmasi uchun kurash olib boradilar. Bugun musobaqaning ochilish marosimi bo'lib o'tdi.
Malumot uchun, «B», «C», «D» guruhlarida bahslar may va iyun oylarida bo'lib o'tadi. Guruh g'oliblari sentyabr oyida Andijon shahrida o'tkaziladigan final bosqichida ishtirok etish huquqiga ega bo'ladilar.
Turnirda qayd etilayotgan natijalar Milliy olimpiya qo'mitasi rasmiy saytida elon qilinadi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar